Al Rayan banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al Rayan Banki PLC
Sobiq nomi Britaniya Islom banki
Turi Ommaviy
Tarmogʻi Moliyaviy xizmatlar
Egasi Masraf Al Rayan
Qachon asos solingan 2004-yil
Joylashuvi London, Birlashgan Qirollik
Rahbariyat Giles Cunningham (CEO)
Mahsulot(lar)i Bank hizmatlari
Ishchilar soni <210 (2022)
Vebsayti alrayanbank.co.uk

Al Rayan Bank PLC (Britaniya Islom banki nomi bilan tanilgan) — 2004-yil avgust oyida har qanday eʻtiqodli mijozlarga shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taklif qilish maqsadida tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi tijorat banki hisoblanadi. Bank Londonda joylashgan aloqa menejerlari orqali oʻzining asosiy va tijorat mijozlariga xizmat koʻrsatadi. Chakana mijozlarga Bankning Digital Banking va Telephone Banking xizmatlari orqali xizmat koʻrsatiladi.

Bank barcha dinlarga eʻtiqod qiluvchi odamlarni qabul qilganligi uchun musulmon boʻlmagan odamlar orasida mashhurlikka erishgan[1][2].

Bank mahsulotining islomiy moliya tamoyillariga mos kelishini taʼminlash maqsadida uning tarkibida Shariat boʻlimi va mustaqil Shariat Nazorat qoʻmitasi mavjud[3].

2020-yil holatiga koʻra, Al Rayan Bank 80 000 mijozga xizmat koʻrsatgan[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Britaniya Islom banki Yaqin Sharqdan kelgan bir guruh investorlar tomonidan Buyuk Britaniyada shariatga muvofiq moliyaviy xizmatlarning oʻsib borayotgan bozoridan foyda olish uchun tashkil etilgan[5].

Potentsial investorlar, asosan, Fors koʻrfazidan taklif qilingan. 2003-yil boshiga kelib boshlangʻich kapitali million dollarga yetgan.

Giles Cunningham Al Rayan Bankning hozirgi bosh direktori hisoblanadi[6].

Makroiqtisodiy sharoitlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha banklar singari, Al Rayan banki 2007—2008-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi, keyin esa davom etayotgan zaif makroiqtisodiyot bankning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Shunga qaramay, ushbu IBB oʻsishda davom etdi va 2012-yilda oʻz tarixidagi chakana aktivlarni moliyalashtirish va depozit qoldiqlari boʻyicha eng yuqori darajaga erishgan.

Bankning sotib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 16-yanvarda IBB oʻzining yangi bosh kompaniyasi Masraf Al Rayan, dunyodagi eng yirik islom banklaridan biri ekanligini tasdiqladi[7].

2014-yil dekabr oyida Britaniya Islom banki Masraf Al Rayan (MAR) kompaniyalar guruhining bir qismi sifatidagi maqomini aks ettirish uchun rasmiy ravishda nomini Al Rayan Bank PLC nomiga oʻzgartirgan.

Tez oʻsish koʻrsatkichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Al Rayan banki Searchline Publishing tomonidan chop etilgan „Bank League Tables 2017“ da Buyuk Britaniyadagi eng tez rivojlanayotgan uchinchi bank deb topilgan[8]. Buning ortidan 2017-yilda Bank uning 77 000 dan ortiq mijozlari borligini eʼlon qilgan.

2017-yil noyabr oyida Moody’s global kredit agentligi Al Rayan Bankiga Aa3 depozit reytingini berganida Al Rayan Banki rasmiy reytingga ega boʻlgan yagona Buyuk Britaniya islom banki boʻlgan[9][10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „It isn't only Muslims who are buying ethical products with rising returns“. Independent.co.uk (2015-yil 3-may). 2015-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  2. „The Best Savings Accounts You've Never Heard Of“. Yahoo! Finance. 2009-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-dekabr.
  3. „Vision and values“. Islamic Bank of Britain. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-aprel.
  4. „5 Pillars article 2020“. 5 Pillars UK (2020-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-iyul.
  5. „Prospectus“. 2007-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  6. „Regulation and Islamic finance“. Financial Services Authority (2006-yil 13-iyun). 2007-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-sentyabr.
  7. „Masraf Al Rayan expanding global footprint with IBB buy“ (2014-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  8. „BANK LEAGUE TABLES – Searchline Publishing“. searchlinepublishing.co.uk/bank-league-tables. 2017-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-noyabr.
  9. „Moody's assigns a Aa3 deposit rating to Al Rayan Bank PLC; outlook negative“ (2017-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr. (subscription required)
  10. „Al Rayan CEO receives OBE from Prince William“ (2017-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-may.