Al-Tumama stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Thumama Stadium
Fayl:Al Thumama Stadium (2).jpg
Toʻliq nomi ملعب الثمامة
Al Thumama Stadium
Joyi Al Thumama, Qatar
Koordinatalari 25°14′07″N 51°31′56″E / 25.235278°N 51.532182°E / 25.235278; 51.532182 G OKoordinatalari: 25°14′07″N 51°31′56″E / 25.235278°N 51.532182°E / 25.235278; 51.532182 G O
Asos solingan 2017-yil
Qachon ochilgan 2021-yil 22-oktabr
Meʼmor Ibrahim M. Jaidah
Xizmatlar muhandisi Schlaich Bergermann Partners, Thornton Tomasetti

Al-Thumama stadioni (arabcha: ملعب الثمامة Malʼab ath-Thumama) — Qatarning Al-Tumama shahridagi futbol stadioni. Bu 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan stadionlardan biri hisoblanadi.[1]

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Tumama stadioni 2022-yil Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun qurilgan sakkizta stadiondan biridir.[2] Stadion Hamad xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan.[3] Qurilish ishlarida Qatarning „Al Jaber Engineering“ va Turkiyaning " Tekfen Construction " kompaniyalari hamkorligidagi qoʻshma korxona salmoqli ishtirok etmoqda. Arab muhandislik byurosi bosh meʼmori Ibrohim Jayda[4][5] tomonidan yaratilgan arxitektura dizayni oʻz ilhomini Yaqin Sharq boʻylab erkaklar va oʻgʻil bolalar kiyadigan anʼanaviy taqiya shlyapasidan olgan.[6][7][8] 50,000 m2 (540,000 kv. ft) oʻlchamdagi bogʻ stadionni oʻrab olgan.[3] Stadion sigʻimi 40 000 oʻringa moʻljallangan.[9] Jahon chempionatidan soʻng stadion oʻrindiqlarining yarmi olib tashlanadi va boshqa davlatlarga sovgʻa qilinadi.[10][11] U 2021-yil 22-oktabrda ochilgan.[7][12]

Al-Tumama stadionining qurilishi FIFA Jahon chempionati-2022 arafasida qurilgan boshqa stadionlar qatori bir qancha inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Amnesty International tomonidan qoralangan.[13]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadionning ochilishi 2021-yil 22-oktabr kuni Amir kubogi finali munosabati bilan boʻlib oʻtdi.[14][15]

2018-yil may oyida Al-Thumama stadioni Sport va stadionlar nominatsiyasida MIPIM/Architectural Review Future Project Award mukofoti bilan taqdirlandi.[16][17]

Stadionda FIFA Arab Cup 2021 turniri davomida oltita oʻyin, jumladan, mezbon Qatar va Jazoir oʻrtasidagi yarim final oʻyini[18] boʻlib oʻtdi.[19]

2022-yilgi FIFA Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Tumama stadioni 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida sakkizta oʻyinga mezbonlik qiladi.[20]

Al Thumama Stadiumda oʻtkaziladigan 2022 JCH baxslari
Sana Vaqt 1-jamoa Natija 2-jamoa Bosqich Tomashabinlar
21-noyabr 2022 19:00  Senegal 0–2  Niderlandiya A guruhi 41,721
23-noyabr 2022 16:00  Ispaniya 7–0  Kosta Rika E guruhi 40,013
25-noyabr 2022 16:00  Qatar 1–3  Senegal A guruhi 41,797
27-noyabr 2022 16:00  Belgiya 0–2  Marokash F guruhi 43,738
29-noyabr 2022 22:00  Eron 0–1  AQSh B guruhi 42,127
1-dekabr 2022 18:00  Kanada 1–2  Marokash F guruhi 43,102
4-dekabr 2022 18:00  Fransiya 3–1  Polsha Nimchorak final 40,989
10-dekabr 2022 18:00  Marokash  Portugaliya Chorak final

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Six facts about Al Thumama Stadium“. qatar2022.qa (20-avgust 2017-yil). 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
  2. „FIFA World Cup Qatar 2022“. fifa.com. Qaraldi: 24-sentabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Qatar reveals Al Thumama Stadium update“. timeoutdoha.com (14-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2020-yil.
  4. „Sixth stadium announced for Qatar World Cup 2022“. Construction Global (21-avgust 2020-yil). 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  5. „Qatar 2022 stadiums continue to take shape despite pandemic“. thepeninsulaqatar.com (27-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  6. „Get To Know The 2022 Qatar World Cup Stadiums“. archdaily.com (2-avgust 2018-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
  7. 7,0 7,1 „Al Thumama Stadium nearing completion“. gulf-times.com (14-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
  8. „Qatar and Turkey join forces ʻin harmony’ to build Al Thumama Stadium“. thepeninsulaqatar.com (1-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  9. „Qatar 2022: Football World Cup stadiums at a glance“. aljazeera.com (18-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  10. „Al Thumama stadium making progress ahead of World Cup“. en.as.com (13-noyabr 2019-yil). 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
  11. „Al Thumama Stadium takes shape“. thepeninsulaqatar.com (12-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2021-yil.
  12. „Get To Know The 2022 Qatar World Cup Stadiums“. archdaily.com (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
  13. „Qatar: “In the prime of their lives”: Qatar’s failure to investigate, remedy and prevent migrant workers’ deaths“. amnesty.org (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
  14. „Al Thumama Stadium - When will the sixth Qatar 2022 World Cup venue be inaugurated?“. goal.com (21-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2021-yil.
  15. „Qatar 2022: Football World Cup stadiums at a glance“. aljazeera.com (18-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  16. „Al Thumama Stadium honoured for innovative design“. gulf-times.com (20-may 2018-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2021-yil.
  17. „Qatar’s Al Thumama Stadium wins prestigious international architectural accolade“. ausleisure.com.au (9-iyun 2018-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2021-yil.
  18. „2021 FIFA Arab Cup: Participating teams, fixtures and all you need to know“. goal.com (18-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 3-may 2022-yil.
  19. „Algeria edge Morocco in penalty thriller to set up Qatar semi-final“. thepeninsulaqatar.com (12-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 11-fevral 2022-yil.
  20. „Al Thumama Stadium design looks like a gahfiya reserved for FIFA World Cup 2022“. Footballcoal. 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]