Akveduk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akveduk (lot. aqua – suv va dico – eltaman), suv o‘tkazgich-ko‘prik – jar, dara, daryo, yo‘l ustidan o‘tkaziladigan nov yoki quvurdan iborat ko‘priksimon, estakada ko‘rinishidagi suv o‘tkazuvchi inshoot. O‘tkaziladigan joyning uzunli-gi va chuqurligiga qarab, A. yog‘och, temir-beton, tosh, beton va metalldan quriladi. O‘zbekistonda qadim zamonlardan buyon A.lar yog‘och va toshdan qurilib kelingan. Mas, 8-asr oxiri – 9-asr boshlarida Afrosiyobni suv bilan ta’minlash maqsadida pishiq g‘ishtdan A. qurilgan (qarang Jo‘yi arziz).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil