Akbarobod tabiat yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akbarobod tabiat yodgorligi
40°27′48.20717″N 72°2′45.28975″E / 40.4633908806°N 72.0459138194°E / 40.4633908806; 72.0459138194 G OKoordinatalari: 40°27′48.20717″N 72°2′45.28975″E / 40.4633908806°N 72.0459138194°E / 40.4633908806; 72.0459138194 G O
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Yaqinidagi shaharQuva
Maydon8 ha (0.080 km2; 0.031 mi²)
Oʻrtacha balandligi427 m
Tashkil topgan sanasi2003-yil
Akbarobod tabiat yodgorligi (Oʻzbekiston)

Akbarobod tabiat yodgorligi — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami 395 ha (3.95 km2; 1.53 mi²)ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8 ha (0.080 km2; 0.031 mi²)ni tashkil etadi.

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman xokimligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda[2].

Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat.

Oʻsimliklar qoplamasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi.

Ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda.

Foydalanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  2. „Farg'ona ekoturizmi“ (o'zbek). UZA (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 16-may.