Akan Vulqon kompleksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akan Vulqon kompleksi
Yaponcha nomi:阿寒岳
Lotincha nomi:Akan-dake

Akan Vulqon kompleksining xaritadagi ko'rinishi
Turi Stratovulqon
Joylashuvi Xokkaydo, Yaponiya
43°23′11″N 144°00′32″E / 43.38639°N 144.00889°E / 43.38639; 144.00889 G OKoordinatalari: 43°23′11″N 144°00′32″E / 43.38639°N 144.00889°E / 43.38639; 144.00889 G O
Yaponiya tabiiy xaritasi
Akan Kalderasi
Me-Akan (pastda chapda)
O-Akan (oʻngda markazda)
Oakan togʻidan Meakan va Akan Fuji togʻlarining koʻrinishi (2008-yil iyul).
Meakan togʻidan koʻtarilgan bugʻning Akan koʻlining koʻli boʻyidan koʻrinishi

Akan vulqon kompleksi — Akan kalderasidan hosil boʻlgan vulqonlar guruhi hisoblanadi[1]. U Akan milliy bogʻida joylashgan, Yaponiyaning Xokkaydo shahridan taxminan 50 km shimoli-gʻarbdagi Kushiro sharqiy hududiga qarashli.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

24×13 km diametrli kalderani toʻldiradigan Akan koʻli (Akan-ko deb atalgan[2]) atrofida bir qancha choʻqqilar joylashgan boʻlib, ular orasida eng balandlari Me-Akan (Meakan), O-Akan (Oakan) va Akan-Fuji hisoblanadi[1].

Oakan kalderaning shimoli-sharqiy tomonida, Meakan esa uning qarama-qarshi, janubi-gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, toʻqqizta stratovulqondan iborat klasterdan oʻrin egallagan boʻlib, ular orasida mashhur Fudzi togʻi nomi bilan atalgan koʻplab simmetrik yapon vulqonlaridan biri Akan-Fuji ham bor[3] (a.k.a. Fuppushi-dake, Xokkaydoning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Fuppushi tog'i bilan adashtirmaslik kerak).

Vulkanologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akan kalderasi 31500 yil avval shakllangan. Uning choʻzilgan shakli pleystosenning boshidan oʻrtalarigacha boʻlgan yirik portlashlar vaqtida bosqichma-bosqich shakllanilishi bilan bogʻliq holat hisoblanadi.

Meakan vulqonining Nakamachineshiri krateri taxminan 13500 yil avval yirik portlashlar paytida paydo boʻlgan.

Akan koʻlining sharqiy tomonida joylashgan toʻqqizta konusning Me-Akan guruhida XIX asr boshidan beri yengil portlashlar kuzatilgan[4]. Ushbu tarixiy vulqonning oxirgi otilishi 2008-yilda sodir boʻlgan.

Oakan, Meakan, Furebetsu hamda Fuppushi Akan vulqon majmuasining kalderadan keyingi asosiy vulqonlari hisoblanadi[1].

Me-Akan — Xokkaydoning eng faol vulqonlaridan biri hisoblanadi. Uning choʻqqisida Ponmachineshiri va Naka-Machineshiri faol kraterlari mavjud boʻlib, ularda avvalgi davrlarda tez-tez freatik portlashlar sodir boʻlgan. Akan-Fuji va O-Akan togʻlarida bu holat kuzatilmagan[3].

Akan vulqon portlash indeksi Smithsonian VEI shkalasi boʻyicha 4 ball bilan baholangan, bu vulqonning eramizdan avvalgi 7050-yillarda maʼlum boʻlgan eng katta otilishi asosida shakllangan shkalasi boʻyicha toʻrtinchi eng yuqori ballli portlash hisoblanadi[5].

Quyida Akanning asosiy xususiyatlari keltirilgan:

Konuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Me-Akan-Dake (Meakan togʻi) (1499 m) Stratovulqon
  • Akan Fudzi (Akan-Fudzi, Akan-Xudzi) (1476 m) Stratovulqon
  • Kita-Yama (1400 m) Konus
  • O-Akan-Dake (Oakan togʻi) (1371 m) Stratovulqon
  • Kenga-kon konusi 1336 m
  • Nishi-Yama (Nisi-Yama) (1300 m) Konus
  • Fuppushi (Huppusi) (1226 m) Stratovulqon
  • Miname-Dake (1217 m) Stratovulqon
  • Xigashi-Dake (Higasi-Dake) (1140 m) Konus
  • Furebetsu (Hurebetu) (1098 m) Stratovolqon
  • Kobu-Yama konusi
  • Futatsu-Dake piroklastik konus

Kraterlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nakamachineshiri (Nakamatineshiri) krateri
  • Ponmachineshiri (Ponmatinesiri) krateri

Issiqlik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Akan-Kohan termal xususiyati

Boshqa choʻqqilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „AKAN Caldera“. Quaternary Volcanoes of Japan, Geological Survey of Japan, AIST, 2006. 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.
  2. „Akan-ko: Japan“. Geographical Names. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.
  3. 3,0 3,1 „Akan Volcanic Complex, Japan“. Volcano Photos. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.
  4. „MEAKAN-DAKE“. Quaternary Volcanoes of Japan, Geological Survey of Japan, AIST, 2006. 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.
  5. „Large Volcano Explocivity Index“. Countries of the World. Qaraldi: 2011-yil 9-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:100 Famous Japanese Mountains