Fudziyama
Qiyofa
| Fudziyama yaponcha: 富士山 | |
|---|---|
|
Fudziyamaning Ovakudani togʻidan koʻrinishi | |
| Boshqa nomi | Fudzisan |
| Joylashuvi | Fudzi-Xakone-Izu milliy bogʻi |
| Koordinatalar | 35°21′38″N 138°43′39″E / 35.36056°N 138.72750°E |
| Balandligi | 3775.63 m |
| Kislorodni ilk chiqishi | 663-yil |
| Eng qulay yoʻl | piyoda yurib chiqish |
| 100 000 yil | |
Fudziyama, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov maʼbudasi, yaponcha yama, san — togʻ) — Xonsyu orolidagi soʻnmagan vulqon, Yaponiyadagi eng baland choʻqqi (3776 m). Tokio shahridan taxminan 100 km janubi-gʻarbda bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. Soʻnggi bor 1707—1708-yillarda otilgan. Krateri toʻgʻri konus shaklida, diametri 700 m, chuqurligi 250 m. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bagʻirlari doim yashil oʻrmon va butazorlar. Milliy bogʻ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning "muqaddas togʻi". Turistlar koʻp boradi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Katsushika Hokusai
| Vikiomborda „Fudziyama“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |