Kaldera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaldera (ispancha caldera — katta qozon), vulkan ogʻzi — vulkan choʻqqisi, baʼzan unga yondosh joylarning oʻpirilishi natijasida vujudga kelgan yon bagʻirlari tik va tubi bir qadar tekis qozonsimon botiq. Vulkan otilganda katta hajmdagi magma tashqariga chiqadi, keyingi otilishga qadar vulkan kamerasida boʻshliq hosil boʻladi, natijada vulkan tepasi tayanchini yoʻqotib oʻpirilib tushadi. Diametri 10—15 km ga yetadi, baʼzan esa undan ham ziyod. K. termini Palma o.da (Kanar o.lari) joylashgan katta vulkan krateri nomidan kelib chiqqan. K.ning kraterdan farqi uning kelib chiqishi va oʻlchamlarining kattaligidadir. Vulkan boʻgʻizidan chiqayotgan gazlarning kuchli portlashlari natijasida vujudga keluvchi portlash (eksploziv) K.si hamda oʻpirilish (gravitatsion) K.si farq qilinadi. 1883 y.da Krakatau K.si vulkan gazi portlashidan hosil boʻlgan. Oʻzbekistonda qad. K.lar Chatqol-Qurama togʻlarida uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil