Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ajiniyoz Ko‘siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) (1824 – Mo‘ynoq tumani – 1878) – qoraqalpoq shoiri. Eski maktabda, so‘ngra Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida o‘qigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan bo‘lib oxund dara-jasiga erishgan. O‘zbek, qozoq, turkman tillarini yaxshi bilgan. A. adabiy merosidan bizga 100 ga yaqin she’r va dostonlari yetib kelgan. She’rlarida vatanpar-varlik, insonparvarlik g‘oyalari kuy-langan. "Kerak", "Bo‘ladi", "Bo‘lmasa", "Yaxshi", "Yigitlar" kabi asarlarida A.ning insonparvar g‘oya lari, falsafiy qarashlari ifodalangan. Asarlari xalq orasida keng tarqalgan. "Qiz Mengesh bilan aytishuv" asari (1878) mashhur. Uning hayoti haqida yozuvchi K. Sultonov "Ajiniyoz" romanini (1967), shoir I. Yusupov "Ajiniyoz" operasi librettosini yaratgan (1989). Asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan ("Tanlangan asarlar", 1962 va boshqalar).1999 yil O‘zbekistonda A. tavalludining 175 yilligi keng nishonlandi. Nukus shahrining xushmanzara joyida shoir nomi bilan ataluvchi maydon barpo etildi va A.ga haykal o‘rnatildi.Ad.: Saitov B., Berdaq va Ajiniyoz asarlari lug‘ati, Nukus, 1970.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil