Ahmad al-Poykandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Ali ibn Amribn Ahmad ibn Ibrohim ibn Yusufas-Sullamiy al-Poykandiy al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1024-yil (hijriy 414-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

(Abul Fazl) Ahmad ibn Ali ibn Amribn Ahmad ibn Ibrohim ibn Yusufas-Sullamiy al-Poykandiy al-Buxoriy — muhaddis. Iroq va Shomga borgan. Ko‘plab maʼlumotlarni jam va tasnif qilgan, ayniqsa hadis ilmi sohasida ilg‘orlab ketgan. Aytishlaricha, uning qalamiga mansub katta-yu kichik to‘rt yuzdan ziyodroq asarlar bor. Ko‘p narsalarni yod olgan hofizlardan bo‘lgan. Deyarli har haftada bir asar tasnif qilgan va uni jome masjidda juma kuni odamlarga aytib bergan. Milodiy 1024-yil (414-hijriy yilning zulhijja oyi)da vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 59- bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.