Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Berdimurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Berdimurodov
Tavalludi 8-mart 1969-yil (1969-03-08) (55 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, sportchi

Ahmad Berdimurodov (1969-yil 8-mart, Beruniy, Qoraqalpogʻiston) — oʻzbek aktyori va sportchisi.

Ahmad Berdimurodov 1969-yil 8-martda tavallud topgan. U oʻrta maktabni bitirib, Moskva davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil oladi. Oʻqishni tugatib, Toshkent shahri prokraturasida tergovchi boʻlib faoliyat yuritadi[1] va tasodifan kinochilar eʼtiboriga tushib qoladi.

U ilk rolini 1997-yilda „Tartib“ filmida ijro qilgan boʻlib, unda Azamat Sunnatov obrazini gavdalantirgan[2]. Lekin uning mashhur qilgan roli „Shaytanat“ teleserialidagi Jamshid Samatullayev obrazini hisoblanadi[3]. Bundan soʻng esa “Panoh”, “Sevginator”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Makrli dunyo” va “Mehmonxona” seriallarida turli obrazlarni ijro etgan[4]. Ahmad Berdimurodov bundan tashqari “Ziddiyat”, “Orville”, “NCIS Los Angeles” kabi Hollywood seriallarida ham suratga tushgan[5].

Ahmad Berdimurodov aktyorlikdan tashqari taekvondo bilan shugʻillanib yurgan va 2000-yilda taekvondo boʻyicha jahon chempioni boʻlgan[1].

2010-yilda AQShga borib, Nyu-York kino akademiyasining rejissyorlik kurslarida tahsil oladi[6] va “Oscar” mukofoti taqdimot marosimining maxsus 7 tansoqchilaridan biri boʻladi[2][5]. U hozirda AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi[7]. Uning bir oʻgʻil va ikki qiz farzandi bor.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Suratga tushgan filmlar roʻyxati[8][9]
Yil Nomi Obraz Izoh
2018 Mehmonxona 2 Ahmad [4]
2009 Qalbim oʻgʻrisi Tergovchi
2007 Sevginator Murabbiy
Panoh Bosh rol
Tuzoq
2006 Makrli dunyo Elyor
1998 Shaytanat Jamshid Samatullayev Teleserial
1997 Tartib Azamat Sunnatov [2]
  1. 1,0 1,1 „About Ahmad Berdimurodov (Jamshid), family, instagram, photos“ (inglizcha). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Ozodlik radiosi. „Актер из Узбекистана ожидает получить «Оскара» в Голливуде“ (2015-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  3. Odil Roʻzaliyev. „Gollivuddagi o'zbek aktyori bilan suhbat“. Amerika ovozi (2018-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  4. 4,0 4,1 Daryo.uz. „Javohir Zokirov: “Mehmonxona” serialining davomi men uchun yozilgan ssenariy asosida suratga olinmoqda“ (2016-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  5. 5,0 5,1 Daryo.uz. „AQShda yashayotgan yana bir o‘zbekistonlik aktyor Ahmad Berdimurodov hayotidagi eng katta yo‘qotish hamda orzulari haqida gapirdi“ (2020-yil 8-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  6. Daryo.uz. „O‘zbek aktyori “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimida qatnashadi“ (2015-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  7. Daryo.uz. „AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)“ (2020-yil 7-may). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  8. „АХМАД БЕРДИМУРОДОВ“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
  9. Kinopoisk. „Ахмад Бердимуродов“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.