Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya, Bonn (2001)
Ushbu maqola Afgʻoniston siyosati va hukumatiga bagʻishlangan turkumning bir qismidir |
---|
Afgʻonistonda Tolibon hukumati agʻdarilganidan soʻng 2001-yil dekabr oyida Germaniyaning Bonn shahridagi Petersberg mehmonxonasida Afgʻoniston Muvaqqat maʼmuriyati rahbarini tanlash uchun afgʻon rahbarlarining Konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Undan koʻzlangan maqsad Afgʻoniston hukumat institutlarini qayta tashkil etish boʻyicha dastlabki siyosiy kelishuvni oʻrnatish edi.[1] Konferensiya 2004-yilda prezident etib saylangan Hamid Karzayni tanladi. Keyinchalik Karzay Tolibonga qarshi koʻplab ittifoqchilar va mintaqaviy rahbarlarni muvaqqat hukumatdagi yuqori lavozimlarga va viloyat boshqaruvida yuqori lavozimlarga tayinladi. Konferensiya institutsional qayta tashkil etish uchun Bonn kelishuvini imzoladi.
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konferensiya koʻplab dushmanlarni umumiy dushman,Tolibon, tahdidi ostida birlashtirdi. Ashaddiy dushman boʻlgan AQSh, Rossiya va Eron toliblarga qarshi birga hamkorlik qildi. Raqiblar Hindiston va Pokiston ham xuddi shunday yoʻlni tanladi. Shuningdek, Shimoliy alyans (Afgʻonistondagi Tolibonning asosiy raqibi) va turli afgʻon etnik va siyosiy guruhlar vakillari ham bor edi. Tolibon konferensiya ishiga chaqirilmagan edi. Ular oʻsha paytda magʻlubiyatga uchragani uchun butunlay yengildi degan taassurot uygʻotgan edi. Ammo ularning yoʻqligi afgʻon mojarosini ancha uzoq muddatga choʻzilishi uchun sabab boʻlishi mumkin. Konferensiya AQSh Davlat kotibi Kolin Pauell tomonidan Prezident Jorj Bushning topshirigʻiga binoan tashkil etilgan.[2]
Konferensiya ishi zaruriy holatdan kelib chiqib tashkil qilingan edi. Tolibon agʻdarilganidan keyin Afgʻonistonda hukumat yoʻq edi. Mamlakatda fuqarolar urushining (1992-1996) anarxik davriga qaytish xavfi tugʻildi. Konferensiya muvaqqat hukumatni 6 oy, keyin esa 18 oylik oʻtish davri hukumatini tuzadigan loya jirga (katta majlis) chaqirishni belgiladi. Oʻtish davri hukumatining ishi konstitutsiya yaratish va doimiy hukumat uchun saylovlarni tashkil etishdan iborat edi. Muvaqqat hukumatga kim rahbarlik qilishi eng ogʻir savol edi. 1973-yildan beri Italiyada surgunda boʻlgan qirol Muhammad Zohir Shoh yaxshi taʼsirga ega edi. Ammo mujohidlar uslubiga qarshi kurashda amaliy tajribasi yoʻq va bu davrda 87 yoshda edi. Jamiyat-e Islomiy yetakchisi Burhoniddin Rabboniy nominal ravishda amaldagi prezident edi. Biroq u hokimiyatda qolishi uchun Konferensiya qoʻllab-quvvatlashiga muhtoj edi. Shunday vaziyatda siyosiy maydonga Hamid Karzay chiqdi.[2]
Karzay janubda Tolibonga qarshi inqilob uyushtirganidan keyin eʼtibor qozongan xarizmatik pushtun edi. U AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan tanlangan va boshqarma allaqachon unga potentsial rahbar sifatida koʻz tikayotgan edi. Pokiston ham eski qiroldan koʻra Karzayni afzal koʻrdi. Qirol koʻproq Pokistonga qarshi boʻlardi. Qirolning siyosiy rolga ega boʻlishi, ammo Karzay yetakchilik qilishi haqida kelishuv ham taklif qilingan. Oxir-oqibat qirolning oʻzi hukumatda roli boʻlishi kerak degan fikrdan voz kechib, Karzay hukumatni boshqarishi kerakligini aytdi. Bu Rabboniy tarafdorlariga yoqmadi. Lekin Rossiya, Eron va AQSh muzokarachisi Jeyms Dobbinsning mohir diplomatik manevrlari Karzayga Rabboniy rolini olib berdi. Buning evaziga Shimoliy alyansdagi etnik tojiklar Vazirlar Mahkamasidagi oʻrinlarning yarmini qoʻlga kiritdi. Karzay prezidentlikka koʻtarilgani haqida 2001-yil 5-dekabrda, AQSh havo hujumi notoʻgʻri nishon tanlaganidan bir necha daqiqa oʻtib maʼlum boʻldi. U yengil jarohatlar bilan qutulib qoldi. Ammo 13 kishi, jumladan, bosh maslahatchilar ham halok boʻldi. Karzay endi 23 yillik muntazam urushdan soʻng mamlakatni birlashtirishdek qiyin vazifani zimmasiga oldi. Urush hali tugamagan edi.[2]
Bonn konferensiyasini imzolovchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]imzolagan | tayinlash | eslatmalar |
---|---|---|
Janob Sayid Husayn Anvariy | Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri 2001-2004-y.y. | |
Janob Hidoyat Amin Arsala | Vitse-prezident 2001-2004-y.y. |
|
Janob Sayid Hamed Gʻayloniy | ||
Janob Rahmatulloh Muso Gʻoziy | ||
Muhandis Abdul Hakim | Aloqa vaziri (Afgʻoniston) 2001-2002-y.y. | Tojik etnik guruhi. |
Janob Humoyun Jareer | ||
Abbos Karimi | ||
Janob Sayid Mustafo Kazemi | 2001-2004-yillarda(?) Savdo vaziri | |
Doktor Azizulloh Ludin | ||
Janob Ahmad Valiy Masud | ||
Janob Hafizulloh Osif Mohseniy | Muhammad Osif Muhsiniyning oʻgʻli | |
Prof. Muhammad Ishoq Nodiriy | Prezident Karzayning bosh iqtisodiy maslahatchisi | Hozirda Jey Gould Nyu-York universitetining iqtisod professori. |
Janob Muhammad Notiqiy | Afgʻonistonning sobiq savdo vaziri. | |
Janob Aref Noorzay | ||
Janob Yunus Qonuniy | Ichki ishlar vaziri |
|
Doktor Zalmay Rassoul | Fuqarolik aviatsiyasi vaziri 2002-? 2010-2013-yillarda Tashqi ishlar vaziri |
|
Janob Mirvays Sodiq | ||
Doktor Muhammad Jalil Shams | 2006-2009-yillarda Iqtisodiyot vaziri | |
Professor Abdul Satar Sirat | ||
Janob Humoyun Tandor | ||
General Abdul Rahim Vardak | Mudofaa vaziri oʻrinbosari | 2004-yildan 2012-yilgacha saylangan mudofaa vaziri. |
Janob Azizulloh Vosifiy | Zohirshoh va Sardor Dovud davrida mos ravishda Nangarhor viloyati gubernatori va Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ishlagan. | |
Janob Pacha Xon Zadran | Paktiya gubernatori |
|
Janob Lakhdar Brahimi | Bosh kotibning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili |
- Bonn kelishuvi (Afgʻoniston)
- Afg'oniston siyosati
- Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya, Bonn (2011)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „AGREEMENT ON PROVISIONAL ARRANGEMENTS IN AFGHANISTAN PENDING THE RE-ESTABLISHMENT OF PERMANENT GOVERNMENT INSTITUTIONS“. United Nations (2001-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 19-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Malkasian, Carter. The American war in Afghanistan : a history. New York: Oxford University Press, 2021 — 78-80-bet. ISBN 978-0-19-755077-9. OCLC 1240264784.