Advokatura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Advokatura – advokatlarning uyushgan ko‘ngilli jamoat tashkiloti. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 116-modda 2-qismida sud va tergov ishio‘i yuritish har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) yuridik yordam berish uchun advokatura fao-liyat ko‘rsatishi belgilangan. A. tashkil etish va ish tartibi qonun bilan belgilanadi. "Advokatura to‘g‘risida"gi Qonunda (1996 yil 27 dekabr) ta’kidlanishicha, A. – huquqiy muassasa hisoblanib, u ad-vokatlik faoliyati hamda xususiy advo-katlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ay-rim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxo-nalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi, o‘z faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-bobida ko‘rsatilgan Konstitutsiya va qonunning ustunligi to‘g‘risidagi prinsip hamda mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsen-ziyani belgilangan tartibda olgan shaxs o‘z advokatlik byurosini ochib yakka tartibda faoliyat ko‘rsatishga yoxud ix-189tiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hay’atlar va firmalar tuzishga qaqdidir. Advokatlar byuro, hay’at va firmalari, shuningdek, advo-katlar birlashmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, vilo-yatlar, Toshkent sh. hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartib-da ro‘yxatga olinadi. Advokatlar byuro, hay’at va firmalarini tuzish, ular tu-zilishi, shtatlari, vazifalari, mablag‘ sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tar-tibi hamda advokatlar byuro, hay’at va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari) bilan tartibga solib turiladi. A. notijorat tashkilotdir va faoliyatni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. A. mablag‘lari, davlat bilan A. o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar "Advokatlik faoli-yatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (1998 yil 25 dekabr) belgilab be-rilgan. A.lar qonunda belgilangan tar-tibda advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin (qarang O‘zbekiston advokatlar uyushmasi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil