Guvoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guvoh (huqukda) — muayyan jinoiy yoki fuqarolik ishi uchun ahamiyatli holatlar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan va guvohlik berish uchun sud yoxud tergov organlariga chakirilgan shaxs. G. qonunda belgilangan tartibda soʻroq qilinadi. U oʻz ona tilida koʻrsatuvlar berishga, tergov va sudda band boʻlgani uchun ishlab turgan joyidan oʻrtacha ish haqi olishga, yoʻlkira va b. chiqimlarni undirib olishga haqli. G.ning huquq va majburiyatlari OʻzR JPKning tegishli moddasida belgilangan. U koʻrganbilganlarini yashirmay, xolisona soʻzlab berishi lozim, aks holda OʻzR JK ning moddalariga binoan javobgarlikka tortiladi. Jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari sababli voqealarni anglay va ifodalay olmaydigan shaxslar, shuningdek, ayblanuvchi va jabrlanuvchining vakillari hamda himoyachilari shu ish boʻyicha G. tariqasida soʻroq qilinishi mumkin emas.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil