Abuturob Yunusov
ABUTUROB YUNUSOV (1924 – yil 5 – sentyabr Toshkent, 1981 – 30 – iyun Toshkent) – muhtasib, imom-xatib va mudarris.
Abuturob Yunusov | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | 1924-yil 5 sentyabr |
| Vafoti | 1981-yil 30 iyun |
| Dini | islom |
| Millati | oʻzbek |
| Tavallud shahri | Toshkent |
| Kasbi | muhtasib, imom-xatib va mudarris |
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abuturob Yunusov 1924 yilning 5 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sarchopon mahallasida yashovchi Mulla Yunus oilasida dunyoga kelgan. Abuturob Yunusov 1948 yili Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga kiradi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1958 yili madrasani muvaffaqiyatli tamomlab, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratiga muhtasib boʻlib ishga kiradi. Bu yerda 1961-yilgacha ishlaydi. Soʻngra Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin jome’ masjidida imom-xatiblik qiladi. 1962 yili diniy nazorat yoʻllanmasi bilan Marokashdagi Karavayn universitetiga oʻqishga yuboriladi. 1965-yilda universitetni tugatib kelgan Abuturob Yunusov diniy boshqarma huzuridagi kutubxonaga mudir etib tayinlanadi. Bu yerda 1971-yilgacha ishlab, juda koʻp kitoblarni oʻqib-oʻrganadi. Keyin Toshkentdagi Xoʻja Alambardor va Tilla Shayx jome masjidlarida imom- xatiblik qiladi (1971-1981). Shuningdek, umrining oxirigacha Imom Buxoriy nomidagi TIIda talabalarga tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq bergan.
U Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy nazorati tomonidan oʻtkazilgan barcha xalqaro anjumanlarda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda (Misr, Malayziya, Mavritaniya, Bolgariya, Bangladesh, Suriya) boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda sermazmun maʼruzalari bilan qatnashgan. 1962 va 1976 yillarda muborak haj safariga borgan[2].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abuturob Yunusov 1981-yil 30 iyunda Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Xoʻja Alambardor qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari", Toshkent viloyati va toshkent shahri / Uchinchi kitob. (oʻzbek). Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”,, 2015. — 356 .-bet. ISBN 978-9943-335-74-5.
- ↑ «O‘zbekiston ulamolari» Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV: . «Movarounnahr», 2015-yil — 496-bet. ISBN 978-9943-12-324-3.