Abulfazl maqbarasi
Jump to navigation
Jump to search
Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi –me’moriy yodgorlik (11-asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023 yil vafot e.) qabri . ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori – to‘rt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qo‘sh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga o‘rnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15-asrda ta’mir etilganda qisman o‘zgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bez-atilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |