Abu Sa’idxon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Abu Saʼidxon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abu Saʼidxon
Homiylar Abu Saʼidxon
Binokorlik XVI asr—???
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Abu Saʼidxon madrasasi — Samarqand madrasasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Saʼidxon madrasasi XVI asrda shayboniylar sulolasi hukmdori Abu Saʼidxon tomonidan bunyod etilgan. Mazkur madrasa olima Mahkamoy Tursunova tadqiqotlarida Abu Said Turkistoniy madrasasi deb ham tilga olingan[1]. Abu Saʼidxon Koʻchkunchixonning oʻgʻli edi. Madrasani otasi Koʻchkunchixon tirikligida Ulugʻbek madrasasining janub tomonida qurdirgan. 1533-yilda Abu Saʼidxon vafot etgach, madrasa hovlisidagi daxmaga dafn qilingan. Abu Tohirxoja oʻzining Samariya asarida Abu Saʼidxon daxmasi hazrati Umar masjining shimolida joylashgan boʻlgan. Abu Saʼidxon madrasasida Mutribiy Nazriy Badaxshondan taʼlim oladi. Abu Tohirxoja madrasa va daxma toʻgʻrisida XIX asr birinchi yarmidagi ahvoli haqida shunday yozgan: "Hozirgi kunda bu daxma Childuxtaron nomi bilan, hovli oʻrtasida tomsiz buzuq bir holda murabbaʼ shaklida mavjuddir". Tarixiy manbalarda madrasa va daxma Hammomi koʻhna guzarida joylashgan. Madrasa XVIII asr oʻrtalarida ham yaxshi holatda boʻlgan va taʼlim jarayonlari mudarrislar tomonidan olib borilgan. Samariya asarida Abu Tohirxoja madrasa toʻgʻrisida shunday yozgan: "Sayyid Sharif Roqim tarixida shu madrasa toʻgʻrisida yozganda oʻsha zamonda butun va mahkam bir yoʻsinda boʻlganini aytadilar". Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Jumladan madrasa toʻgʻrisida Samarqanddagi boshqa oliy oʻquv yurtlari kabi Turondagi „buzuqchilik davri“da (1710—1780) qariyib tashlandiq ahvolga tushib qolgandi. Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida oliy oʻquv yurti butkul buzilib ketgan. Ayrim adabiyotlarda madrasa „Koʻchkunchixon madrasasi“ deb ham tilga olingan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Saʼidxon madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520 bet.