Abu Nuvos
(Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Abu Nuvos Abu Ali Hasan ibn Honi Hakamiy (762, Ahvoz – 813, Bagʻdod) – arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan. Kufa madrasalarida taʼlim olgan. Sheʼrlarining goʻzalligi, purhikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida "Shaʼir ul-Hamra" ("Ichkilik shoiri") degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bagʻdodda oʻtkazgan, xalifalar – Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Maʼmun bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi. Uning "Devoni" Qohirada qaytaqayta nashr etilgan (1898).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |