Abu Nuvos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Nuvos Abu Ali Hasan Ibn Honi Hakamiy (762, Ahvoz – 813, Bagʻdod) – arab shoiri. Abbosiylar davrining buyuk shoirlaridan. Kufa madrasalarida taʼlim olgan. Sheʼrlarining goʻzalligi, purhikmatliligi jihatidan hatto Umru ul-Qaysga tenglashtirilgan. Mayparastligi tufayli el ichida "Shaʼir ul-Hamra" ("Ichkilik shoiri") degan nom olgan. Hayotining asosiy qismini Bagʻdodda oʻtkazgan, xalifalar – Horun ar-Rashid, Al-Amin va Al-Maʼmun bilan juda yaqin munosabatda boʻlgan. Ijodida ishqiy va axloqiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi. Uning "Devoni" Qohirada qaytaqayta nashr etilgan (1898).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abu Nuvos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil