Abu Amir Nujayd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Amir Nujayd
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy yil (hijriy yil)
Vafoti milodiy yil (hijriy yil)
Dini Islom

Abu Amir Nujayd (arabcha: أبو عمرو نجيد — Ismoil ibn Nujayd ibn Ahmad as-Sulamiy an-Naysoburiy) — so‘fiy shayx.

Tasavvuf tariqatining yirik na­moyandasi. Abu Abdurrahmon as-Sulamiyning bobosi. Hadis hofizi Hamdon as-Sulamiyning nabirasidir. Abu Usmon Hiriyning shogirdi. Abu-l-Hasan Bishr as-Sijziy, Abu Salama al-Bovardiy, Abu Nasr al-Qabboniy, Abu Amr az-Zujojiy, Abu Bakr al-Kattoniy, Abu-l-Husayn Muzayyinlar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Tasavvufda ko‘proq malomatiyya tariqatiga rag‘bat bildirgan. U „Al-Juz’ fi-l-­hadӣs“ („Hadis ilmida kitob“) nomli asar yozgan. Na­voiyNasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“­dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. X, 224;
  2. Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I;
  3. Erhan Yetik. „İbn Nüceyd“. TDV İA — İstanbul: 1999. XX, 234-235.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.