Abdurrasul al-Koshoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrasul al-Koshoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 1366-yil
Panja Shox qabristoni
Dini Islom
Tanilgan sohasi Olim, adib

Abdurrasul ibn Muhammad ibn Mahmud ibn al-Og‘o Ali ash-Sharodiy al-Koshoniy al-Madaniy — olim va ko‘p asarlar muallifi. Koshonda Habibulloh ibn Ali al-Koshoniy, Faxruddin an-Naroqiy kabi taniqli olimlardan taʼlim olgan, so‘ngra Najafda Muhammad Kozim az-Zaradiy va boshqalardan ham saboq olgan. So‘ngra Koshonga kelgan va uning yirik olimlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Abdurrasul al-Koshoniy hijriy 1366-yil safar oyining 8-sanasi, chorshanba kuni quyosh botayotgan vaqtda vafot qilgan va Panja Shoh degan joyga dafn etilgan[1].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Tiryoqu-s-sumum“ („Zaharga qarshi davo“)
  • „Tafkiku-l-olami-l-haqiyqa ani-t-tabiyʼa“ („Tabiatdan haqiqat olamini ochish“)
  • „ar-Radd ala-lbobiya“ („Bobiya oqimiga raddiya“)
  • „Aʼloimu-l-haqiyqa“ („Haqiqat alomatlari“)
  • „Hidoyatu-l-muhibb“ („Tolibi ilmga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish“)
  • „Riyozu-l-mutakallimiyn“ („Mutakallim olimlarning bo‘stonlari“)



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 21 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.