Abdurrahmon ibn Muoviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muoviya Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Xudayj al-Kindiy at-Tujiybiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 714-yil (hijriy 95-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • (otasi)
  • Saltiys (onasi)
Tanilgan sohasi tobeʼin

Abdurrahmon ibn Muoviya (arabcha: عبد الرحمن بن معاوية — Abu Muoviya Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Xudayj al-Kindiy at-Tujiybiy,? — 95/714,?) — Umaviylar davrida Misrda qozilik qilgan tobeʼin.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Misrning peshqadam olimlaridan bo‘lgan. 705-yil (hijriy 86-yil rabi’ul-avval oyi)ning mart oyida Avs ibn Abdulloh ibn Atiyyadan keyin Misr qozisi bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida shurta (mirshab­lik) tashkilotining boshqaruvi ham unga topshirilgan. Keyinchalik ham qozilik bilan shurta tashkilotini bir o‘zi boshqargan. Abdurrahmon ibn Muoviya yetimlarning mollari bilan shaxsan shug‘ullangan ilk qozi hisoblanadi. Har bir qabiladagi yetimlarning mollarini idora qilish vazifasini o‘sha qabila raisiga topshirgan va buning uchun alohida qayd daftari tutishni yo‘lga qo‘ygan. Bu ish o‘sha davrdan eʼtiboran uzoq muddat davom etgan. Bir muddatdan so‘ng qozilik vazifasini topshiradi. Biroq 91/709-10-yilda Iskandariyada yana shurta tashkilotining rahbari etib ta­yinlanadi.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadis rivoyatida siqa deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Muoviya, Abu Sufyonning otasi, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Amr va Abu Basra al-Gʻiforiy kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Uning o‘zidan Vohib ibn Abdulloh, Uqba ibn Muslim, Yazid ibn Abu Habib, al-Hasan ibn Savbon, Saʼid ibn Roshid va Suvayd ibn Qays kabilar hadis rivoyat qilganlar.

Abdurrahmon ibn Muoviyaning onasi Saltiys misrlik qibtiy bo‘lgan. Farzandi Abdulvohid ham qozilik va shurta tashkilotiga rahbarlik qilgan. Undan tashqari Abdulloh, Muhammad, Qutayra Abu Bahriya kabi farzandlari bo‘lgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abu Umar al-Kindiy. Kitāb al-vulāt va kitāb al-quzāt. — Leyden: 1912. 53, 58, 324-326;
  2. Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. — Qohira: 1373-78/1954-59. IV, 113;
  3. Fahreddin Atar. İslâm Adliye Teşkilâtı. — Ankara: 1979. 106, 108;
  4. Mustafa Baktır. „Abdurrahman b. Muâviye“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 168.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.