Abdurahmon Vohid
Qiyofa

Vohid Abdurahmon (1940-yil, 8-aprel, Jom-bang) — Indoneziyaning sobiq prezidenti (1999—2001). Jombangdagi islom maktab-internati (1964), Qohiradagi Al-Azhar universiteti va Bagʻdod universiteti (1970)ni tugatgan. Mehnat faoliyatini Jombang islom maktabida muallimlikdan boshlagan. 1972-yildan Jombangdagi Hoshim Ashuari universitetining ilohiyot fakultetida lektor va dekan, 1974—84 yillarda Jombang, soʻngra Jakartadagi islom internat maktabi direktori; ayni vaqtda Nahdat ul-Ulamo nohukumat islom tashkiloti aʼzosi, shu tashkilot Oliy diniy kengashining birinchi kotibi (1978—84); 1984-yildan tashkilot raisi. 1999-yil oktabrdan Indoneziya Respublikasi prezidenti. Xalq uygʻonish partiyasi asoschisi (1998)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |