Susilo Bambang Yudhoyono

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yudxoyeno Susilo Bambang (1949.9.9, Indoneziya, Sharqiy Yava provinsiyasidagi Pachitan sh.) — Indoneziya davlat arbobi. Armiya generali. Indoneziya Respublikasi qurolli kuchlari akademiyasini tugatgan (1973). quruqlikdagi qoʻshinlar va harbiy havo kuchlari komandirlari kursida, AQSH, Panama, Belgiya va Germaniyadagi harbiy kurslarda oʻqigan. 1976—77. 1979— 80 va 1986—88 y.larda Indoneziyaning sobiq Sharqiy Timor provinsiyasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Yu. BMTning Bosniya va Gersegovinadagi Tinchlikparvar kuchlari huzurida bosh harbiy kuzatuvchi (1995—96). Indoneziya armiyasi hududiy shtabi boshligʻi (1998—99), Indoneziya energetika va kon sanoati vaziri (1999—2000), siyosat va xavfsiztik masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vazir (2000— 04), 2004-2014 yillarda Indoneziya Respublikasi prezidenti[1].

Manbalar[tahrir]