Abdulmuʼmin ibn Xalaf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ya’lo Abdulmu’min ibn Xalaf ibn Tufayl ibn Zayd ibn Tufayl at-Tamimiy an-Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 872-yil (hijriy 259-yil)
Vafoti milodiy 959-yil (hijriy 346-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Abdulmuʼmin ibn Xalaf (arabcha: عبد المؤمن بن خلف — Abu Yaʼlo Abdulmu’min ibn Xalaf ibn Tufayl ibn Zayd ibn Tufayl at-Tamimiy an-Nasafiy, 259/872,? — 346/959,?) — hadis hofizi.

Imom-peshvo, hadis hofizlaridan sanalgan Abdulmu’min ibn Xalaf an-Nasafiy badavlat, sunnat va hadisga ergashuvchi, xudojo‘y va nihoyatda ilmli shaxs bo‘lgan. Bag‘dodda Muhammad ibn Dovud az-Zohiriyning fiqhiy mazhabida fao­liyat olib borgan, qiyos ahlidan yiroq bo‘lgan.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobosi Tufayl ibn Zayddan hadis eshitgan. Shuningdek, Abu Hotim ar-Roziy, Abu Yahyo ibn Abu Masarra al-Makkiy, Ishoq ibn Ibrohim ad-Dabariy, Abu Zinbo’ Ravh ibn Faraj al-Misriy, Yusuf ibn Yazid al-Qarotisiy, Ali ibn Abdulaziz al-Bag‘aviy va ularning safdoshlarinin suhbatida bo‘lib, ulardan hadis tinglagan.

O‘z navbatida, Abdulmuʼmin ibn Xalafdan Abdulmalik ibn Marvon al-Maydoniy, Ahmad ibn Ammor ibn Asama, Ya’qub ibn Ishoq an-­Nasafiy, Abu Ali Mansur ibn Abdulloh az-Zuhliy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Kaloboziy hamda Nasaf ahllaridan bo‘lgan bosh­qa olimlar hadis rivoyat qilganlar.

Shamsuddin az-Zahabiy „Siyar aʼlām an-nubalā“ va „Tazkira al-huffāz“ asarlarida roviylar zanjirida Abdulmuʼmin ibn Xalaf ham ishtirok etgan hadislardan namunalar keltirgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. XV, 480;
  2. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Bayrut: „Dor al-kutub al-’ilmiyya“, 1998. III, 56;
  3. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 50.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.