Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Hasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Hasan
Makka sahrifi
Saltanat 1630-yil 3-dekabr – 1631-yil 29-avgust
Oʻtmishdoshi Masʼud ibn Idris
Davomchisi Muhammad ibn Abdllaoh ibn Hasan
Zayd ibn Muhsin
Uy Banu Qatoda

Abdulloh ibn Hasan ibn Abu Numayy (arabcha: عبد الله بن حسن بن أبي نمي) (1632-yil 1-yanvarda vafot etgan) – Makka amiri. 1630–1631-yillarda Hijoz hukmdori[1] .

Abdulloh ibn Hasan Mas’ud ibn Idrisning vafotidan soʻng hijriy 1040-yil Rabiulavval oyining 28-sanasi (1630-yil 3-dekabr) seshanba kuni ashraf roziligi bilan amir etib saylangan. Oʻsha paytda u Abu Numay xonadonining eng katta farzandi boʻlgan. Bu haqida Istanbulga xabar yuborilgach, Sulton Murod IV dan uning amir etib saylanganligini tasdiqlovchi farmon kelgan[2].

Abdulloh ibn Hasan hijriy 1041-yilning Safar oyi 1-sanasi (1631-yil 29-avgust) juma kuni[3] minbardan oʻqiladigan duoda uning nomi zikr qilinish sharti bilan oʻgʻli Muhammad ibn Abdulloh va jiyani Zayd ibn Muhsinga taxtni boʻshatib bergan[2].

Abdulloh hijriy 1041-yil Jumodilavval oyining 10-sanasi (1632-yil 1-yanvardan 2-yanvarga oʻtar kechasi) juma kuni kechasi vafot etgan va otasi sharif Hasan ibn Abu Numayning qubbasiga dafn etilgan[2].

Uning toʻqqiz oʻgʻli bor edi[2]:

  • Muhammad
  • Ahmad
  • Hamud
  • Husayn
  • Hoshim
  • Saqaba
  • Zamil
  • Muborak
  • Zayn al-Obidin

Abdulloh ibn Hasan Abadila urugʻining ajdodi hisoblanadi[2].

  1. de Zambaur 1927.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 al-Ghāzī 2009.
  3. al-‘Aṣimī 1998.
Abdulloh ibn Hasan
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Makka sharifi
1630 3-dekabr – 1631-yil 29-avgust
Keyingisi
  • al-Ghāzī, ‘Abd Allāh ibn Muḥammad. Ifādat al-anām, 1st (ar) ‘Abd al-Malik ibn ‘Abd Allāh ibn Duhaysh: , Makkah: Maktabat al-Asadī [Composed 1930], 2009 — 400–402 bet. 
  • al-Sinjārī, ‘Alī ibn Tāj al-Dīn ibn Taqī al-Dīn. Manā'iḥ al-karam fī akhbār Makkah wa'l-Bayt wa-wulāt al-Ḥaram, 1st (ar) al-Miṣrī: , Makkah: Jāmi‘at Umm al-Qurá [Composed 1713], 1998. 
  • al-‘Aṣimī, ‘Abd al-Malik ibn Ḥusayn. Samṭ al-nujūm al-'awālī fī anbā' al-awā'il wa-al-tawālī (ar) ‘Ādil Aḥmad ‘Abd al-Mawjūd: . Bayrūt: Dār al-Kutub al-‘Ilmīyah [Composed before 1700], 1998. 
  • Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Ashrāf Makkat al-Mukarramah wa-umarāʼihā fī al-ʻahd al-ʻUthmānī, 1st (ar), Bayrūt: al-Dār al-‘Arabīyah lil-Mawsū‘āt [First published in Turkish in 1972], 2003. 
  • de Zambaur, E.. Manuel de généalogie et de chronologie pour l'histoire de l'Islam (French). Hanovre: Heinz Lafaire, 1927.