Abdulloh ibn Ayyosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Ayyosh
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 683-84-yil (hijriy 64-yil)
Dini Islom
Ota-onasi
  • Ayyosh (otasi)
  • Asmo bint Muxarriba (onasi)
Tanilgan sohasi qori sahoba

Abdulloh ibn Ayyosh (arabcha: عبد الله بن عياش — Abu-l-Horis Abdulloh ibn Ayyosh ibn Abu Rabi’a al-Qurashiy al-Maxzumiy — ? - 64/683-84, Madina) — qori sahoba.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Ayyosh ilk musulmon bo‘lganlardan edi. Habashistonga hijrat qilgan. Abdulloh ibn Ayyosh o‘sha yerda tug‘ilgan. Onasining ismi Asmo bint Muxarriba bo‘lgan. Uni ayoli Hind bint Mutarrifdan ko‘rgan Horis va Amatulloh ismli farzandlari bo‘lgan. Abdulloh ibn Ayyoshning sahoba yoki sahoba emasligi haqida turli fikrlar aytilgan. Ayrim rivoyatlarga asoslanib, Ibn Hajar al-Asqaloniy va Ibn Abdulbarlar sahobalardan ekanini zikr qilganlar. Ibn Hibbon Abdulloh ibn Ayyoshni sakkiz yil Payg‘ambarni ko‘rgan deb keltirgan. Payg‘ambar, Umar, Abdulloh ibn Abbos, otasi Ayyosh va boshqa sahobalardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, Abdulloh ibn Ayyoshdan o‘g‘li Horis, Ibn Umar, ozod qilgan quli Nofeʼ, Sulaymon ibn Yasorlar hadis rivoyat qilganlar. Qiroatni arz yo‘li bilan Ubay ibn Kaʼbdan o‘rgangan. Undan qiroatni ozod qilgan quli Abu Ja’far Yazid ibn Qa’qo’, Shayba ibn Nassoh, Abdurrahmon ibn Hurmuz, Muslim ibn Jundab va Yazid ibn Rumonlar o‘rganganlar. Abdulloh ibn Ayyosh, shuningdek, yetti qiroat imomlaridan bo‘lgan Nofeʼning ham ustozidir. U Madinada qiroat sohasi peshvolaridan hisoblangan. Shamsuddin az-Zahabiy ham uning 70/689-90-yillardan keyin vafot etgani haqida rivoyatlar borligini aytgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 28;
  2. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1941-60. V, 149-150;
  3. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1952-53. V, 125;
  4. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. 111, 360-361;
  5. Az-Zahabiy. Maʼrifa al-qurrā. I, 58; Ibn Hajar. Al-Isāba. II, 357.