Abdullaxon madrasasi (Qarshi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Abdullaxon madrasasi

Abdullaxon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdullaxon II
Homiylar Abdullaxon II
Asosiy sana:
XVI asr
Maqomi saqlanib qolmagan

Abdullaxon madrasasi — Qarshi madrasasi. Abdullaxon madrasasi Qarshidagi eng qadimiy madrasalardan biri hisoblanadi. Mazkur madrasani Shayboniylar hukmdori Abdullaxon II bunyod ettirgan. U Qarshidagi registoning shimoli-sharqiy tomonida va jome masjidi roʻparasida joylashgan boʻlgan. Madrasa pishiq, gʻishtdan ikki qavatli qilib bunyod etilgan. Qarshidagi eng boy va katta madrasa boʻlgan. Uning darsxonasi va masjidi bor edi va albatta kutubxonasi ham mavjud boʻlgan. Agar madrasa Qarshi jomeʼ masjidi oʻlchamiga muvofiqlashtirib koʻrilgan bulsa, uning hujralari soni oltmishtaga yetib qoladi. Madrasa old qismida katta darvozaxonasi, guldastali minoralari va moviy gumbazi bilan Registonga takrorlanmas koʻrk bagʻishlab turgan. Madrasa oldi qariyib janubi-gʻarbga aniqrogʻi qiblaga qarab bunyod etilgan. Abdullaxon madrasasi juda katta vaqf mulkiga ega boʻlgan. Afsuski, vaqf hujjatilari hozircha topilmagan. Shunga qaramay, oʻttizga yaqin turli rasmiy hujjatlarda uning madrasa nomi qayd etilgan va ularda faoliyatining baʼzi jihatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Abdullaxon madrasasi Buxoroda Koʻkaldosh madrasasi boshqa oʻquv dargohlari orasida qanday mavqeda bulsa, u ham Qarshida shunday nufuzga ega boʻlgan. Inqilob davrida madrasa qattiq vayron qilingan boʻlsada hali saqlanib turgan edi[1]. Madrasa vaqf yerlari 1923—1924-yillarda ham davlatga foyda keltirayotgan boʻlgan. Mulla Abdutohir Muhammad Shokir oʻgʻli Abdullaxon madrasasining soʻnggi imomlaridan biri hisoblanadi. U talabalarga shu davrda ham dars oʻtgan. Bir paytlar Nasafning oʻziga xos ilmiy akademiyasi vazifasini bajargan bu maskan 1925-yillardan keyin yer bilan tekislab yuborilgan. Uning oldidagi registon qamoqxona maydoniga aylantirilgan. Uning eski joyi oʻrniga aholi uy-joy qurib yuborgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanmagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639 bet.