Abdullah Avcı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullah Avcı
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdullah Mucib Avcı
Tavallud sanasi 31-iyul 1963-yil (1963-07-31) (60 yosh)
Tavallud joyi Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1979–1980 Vefa

Abdulloh Mujip Avci (1963-yil 13-iyul Istanbul) – turk sobiq futbolchisi va futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istanbulning „Vefa“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1984-yildan 1986-yilgacha Turkiya ikkinchi liga jamoasi Fatih Karagumrukda oʻynagan. 1986-yilda Rizesporga oʻtgan. Oʻsha yilning 31-avgustida u birinchi ligada debyutini oʻtkazgan va „Bursaspor“ ga qarshi uy uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan[1]. Ikki haftadan soʻng u „Boluspor“ bilan uy uchrashuvida birinchi dublini qaytd etgan[2]. 1988—1990-yillarda hujumchi „Qahramanmaraspor“, „Baqirkoʻyspor“ va yana „Rizespor“ jamoalari sharafini himoya qilgan. 1990—1991-yilgi mavsumda ikkinchi ligada „Qosimpasha“ safida toʻp surgan. Keyin u ikkinchi va uchinchi ligada klublari sharafini himoya qilgan: Istanbulspor, Küçükchekmejespor va Nişantasispor shular jumlasidandur. U 1999-yilda uchinchi liganing „Vefa“ jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U murabbiylik faoliyatini Istanbulspor klubida boshlagan. 1999—2000-yilgi mavsum oxirida u oʻz qoʻl ostidagi birinchi oʻyinda Superligada „Altay Izmir“ni minimal hisobda magʻlub etgan asosiy jamoani boshqargan[3]. Keyin Avci „Istanbulspor“ va „Galatasaroy“ ning ikkinchi jamoalarini boshqargan, shuningdek, uning boshchiligidagi Turkiya U 17 terma jamoasi 2005-yilda Yevropa chempionligini va Perudagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

2006-yilning avgust oyidaIstanbul Başakşehir klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qoʻl ostidagi birinchi mavsum yakunida istanbulliklar Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan. 2009—2010-yilgi chempionatda Istanbul Başakşehir ligada oʻzini koʻrsatib oltinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilda jamoa ilk bor Turkiya kubogi finaliga chiqgan va u yerda „Beşiktaş J.K“ ga faqat penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

2011-yilning 17-noyabrida, Guus Hiddink isteʼfoga chiqarilganidan bir kun oʻtib, Abdulla Avci Turkiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan. 2013-yil 20-avgustda muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli murabbiy ishdan boʻshatilgan. 2014-yilning 5-iyunida u 5 yillik shartnomaga imzo chekib, Istanbul Başakşehir jamoasiga qaytgan. 2016—2017-yilgi mavsumda uning qoʻl ostidagi jamoa chempionatda ikkinchi oʻrinni egallagan va Turkiya kubogi finaliga chiqgan.

2019-yilning 1-iyunida esa „Beşiktaş J.K.“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. Shartnoma 3 yilga imzolangan[4] . 2020-yilning 24-yanvarida Turkiya kubogi 2019—20-yilgi mavsum 1/8 finalining „Beşiktaş J.K.“ – „BB Erzurumspor“ (2:3)[5] javob oʻyinidan ikki kun oʻtib ishdan boʻshatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rizespor 1:1 Bursaspor“ (en). mackolik.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  2. „Rizespor 2:2 Boluspor“ (en). mackolik.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  3. „İstanbulspor 1:0 Altay“ (en). mackolik.com. Qaraldi: 2018-yil 27-yanvar.
  4. „Beşiktaş’a Hoş Geldin Abdullah Avcı“ (tr). Beşiktaş JK Resmi İnternet Sitesi (2019-yil 1-iyun). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.
  5. „Abdullah Avcı’ya Teşekkür Ederiz“ (tr). Beşiktaş JK Resmi İnternet Sitesi (2020-yil 24-yanvar). 2020-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.