Abdugʻaffor Qirgʻizboyev
| Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
10-avgust 1962-yil Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | tarixchi |
| Sohasi | tarix |
| Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
| Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2005), professor (2016). 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan[2]. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1985—1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani oʻqituvchisi[4], 1986—1988-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1989—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti aspiranti, 1992—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992—1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Oʻzbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1993—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda institutning kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1996—2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha prorektori[5], 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005—2009-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi[4], 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan[3][5][6][7][8]. 2021-yildan 2025-yilga qadar Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat olib borgan[2][3][5][9][10][11]. 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2025-yil 7-may).
- ↑ 2,0 2,1 „«Zamdekan» mojarosi ortidan TDPU rektori ishdan olindi“ (2021-yil 17-noyabr).
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Zamdekan” mojarosi ortidan TDPU rektori o‘zgardi“ (2021-yil 17-noyabr).
- ↑ 4,0 4,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „КИРГИЗБОЕВ Абдугаффор“.
- ↑ „Yarim yildirki O`zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas`ul topilmayapti“ (2022-yil 26-aprel).
- ↑ „Hukumatda yangi tashkil etilgan departamentga mudir tayinlandi“ (2019-yil 12-noyabr).
- ↑ „Абдуғаффор Қирғизбоев Давлат тилини ривожлантириш департаментининг мудири этиб тайинланди“ (2019-yil 12-noyabr).
- ↑ „Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri lavozimidan ozod etildi. Endi u rektor“ (2021-yil 17-noyabr).
- ↑ „Toshkent davlat pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2021-yil 17-noyabr).
- ↑ „Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2025-yil 7-may).
- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbek tarixchilari
- Oʻzbekiston professorlari
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Tarix fanlari doktorlari