Abbos Bahodur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abbos bahodur, Abbos bahodur qipchoq, Abbosbek (7–1387) – Amir Temurning safdoshi, yirik lashkarboshi. Jeta mo‘g‘ullariga qarshi kurashda faol qatnashgan. Abbos Bahodur Jangi loyga Amir Temur cherikining qanbulila (markazida) turib, katta jasorat ko‘rsatgan. 1370 yil amir Husayn bilan bo‘lgan so‘nggi jangda Amir Temur tarafida jang qilib, ko‘p bahodirlik ko‘rsatgan. 1370 yil 9 aprelda amir Husayn ustidan to‘la g‘alabaga eri-shilgach, Amir Temur Abbos Bahodurga boshqa yirik lashkarboshilari qatorida amiri lashkar (cherik begi) har-biy unvonini bergan. Abbos Bahodurning yoshi Sohibqironga nisba-tan ulug‘roq bo‘lgan bo‘lsa kerak, chunki u 1385 yilgacha bo‘lgan harbiy yurishlar-da faol qatnashib, shu yiddan e’tibo-ran ko‘proq o‘g‘ruqda qoldirilgan. Xususan u 1386 yil boshlangan "uch yillik yurish"da ishtirok etmay, Samarqandda "Movarounnahr viloyatining zabti uchun" qoldirilgan. 1387 yil oxirida To‘xtamishxon Movarounnahrga bostirib kelganida u bilan O‘trordan 5 km sharqroqda joylashgan Chukalak mavzeida bo‘lgan jangda yarador bo‘lib, vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil