Abbos Aroqchi
Abbos Aroqchi | |
---|---|
سید عباس عراقچی | |
Abbos Aroqchi, 2021-yil | |
Eron Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2024-yil 21-avgust | |
Prezident | Masʼud Pizishkiyon |
Oʻtmishdoshi | Ali Boqiriy (v.b.) |
Eron TIV matbuot kotibi | |
Mansab davri 2013-yil 11-may – 2013-yil 30-avgust | |
Prezident | Mahmud Ahmadinajod |
Oʻtmishdoshi | Ramin Mehmonparast |
Vorisi | Marziya Afxom |
Yaponiyada elchi | |
Mansab davri 2007-yil 28-oktyabr[1] – 2011-yil noyabr | |
Prezident | Mahmud Ahmadinajod |
Oʻtmishdoshi | Muhsin Toloyi |
Vorisi | Rizo Nazorahoriy |
Finlandiyada elchi Estoniyada elchi ( bir vaqtning oʻzida ) | |
Mansab davri 1999 – 2003 | |
Prezident | Muhammad Xotamiy |
Oʻtmishdoshi | Husayn Rizvoniy |
Vorisi | Javod Kochoʻyan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1960-yil[2] Tehron, Eron[2] |
Fuqaroligi | Eron |
Alma mater |
Xalqaro munosabatlar maktabi Islom Azad universiteti Kent universiteti |
Mukofotlari | Xizmat va boshqaruv ordeni (2-darajali)[3] |
Imzosi | |
Mansubligi | Eron |
Qoʻshin turi | Inqilob gvardiyasi |
Xizmat yillari | 1979–1989[4] |
Sayyid Abbos Aroqchi (forscha: سید عباس عراقچی, 1960-yil Tehronda tugʻilgan) – eronlik diplomat, 2024-yildan beri Eron Tashqi ishlar vaziri[5].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abbos Aroqchi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar maktabida xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Keyin esa Islom Azad universiteti Markaziy Tehron filialida siyosiy fanlar boʻyicha magistrlik darajasiga ega boʻlgan. Bundan tashqari, Aroqchi Angliyaning Kent universitetida siyosiy tafakkur fanidan PhD darajasini olgan[6]. Ingliz va arab tillarini biladi[2].
Ish faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aroqchi 1989-yil Eron Tashqi ishlar vazirligiga ishga kiradi. 1990-yillarning boshida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan Islom konferensiyasi tashkiloti Eron Islom Respublikasi Doimiy vakolatxonasining muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan[2].
Elchi boʻlishdan oldin Tehrondagi Siyosiy va xalqaro munosabatlar instituti (IPIS) bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2004—2005-yillarda Xalqaro munosabatlar maktabining rektori boʻlgan[2].
Finlandiya (1999-2003) va Yaponiyada (2007-2011) elchilik qilgan[2].
2017-yildan 2021-yilgacha Tashqi ishlar vazirligida siyosiy oʻrinbosar boʻlib ishlagan. Bungacha esa Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani va Hamdoʻstlik masalalari[7] hamda huquqiy va xalqaro ishlar boʻyicha oʻrinbosari[2] lavozimlarida ishlagan. Hasan Ruhoniy hukumatida P5+1 bilan muzokaralarda Eronning yadroviy masalalar boʻyicha bosh muzokarachisi boʻlgan[8].
Tashqi ishlar vaziri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abbos Aroqchi 2024-yil 11-avgustda yangi saylangan prezident Masʼud Pizishkiyon tomonidan Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi[9][5] va 21-avgustda Islom maslahat kengashining (Eron parlamenti) ishonch votumidan soʻng Tashqi ishlar vaziri lavozimiga kirishdi[10].
Aroqchi Qarshilik koʻrsatish oʻqi ittifoqini (Axis of Resistance ) qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Araghchi became Iranian Ambassador to Tokyo“ (fa). Iranian Students' News Agency (2007-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Deputy for Legal & International Affairs“. Islamic Republic of Iran Ministry of Foreign Affairs.
- ↑ „Iran's FM, nuclear chief, DM receive medals for role in nuclear deal“. Iranian Students' News Agency (2016-yil 8-fevral). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.
- ↑ Marie Donovan; Paul Bucala & Caitlin Shayda Pendleton (15 June 2016), with contributors Ken Hawrey and Shayan Enferadi, „Iran News Round Up: Former IRGC commander: Our ambassadors in Iraq, Lebanon, and Syria are Quds Force members“, AEI Critical Threats Project, qaraldi: 10 September 2017
- ↑ 5,0 5,1 „Abbos Aroqchi Eron Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi“. Qalampir.uz. Qalampir.uz (2024-yil 25-avgust). Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.
- ↑ „سید عباس عراقچی - دانشنامه ویکیدا“ (fa). fa.wikida.ir. Qaraldi: 2024-yil 17-avgust.
- ↑ „Seyyed Abbas Araghchi became Asia–Pacific Deputy of Minister of Foreign Affairs“ (fa). Iranian Students' News Agency (2011-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.
- ↑ „Iran Demotes Top Nuclear Diplomat in Foreign Ministry Reshuffle“. BNN Bloomberg (2021-yil 14-sentyabr). 2021-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-avgust.
- ↑ „Iran’s president proposes an ex-nuclear negotiator as foreign minister. A woman is also on the list“ (en). Associated Press. Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.
- ↑ „Iran’s hard-line parliament approves all members of president’s Cabinet, first time since 2001“ (en). Associated Press. Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.
- ↑ „Iran lawmakers approve new president's cabinet“ (en). France 24. Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.
Vikiomborda Abbos Aroqchi haqida turkum mavjud |