Kontent qismiga oʻtish

Abbad ibn Bishr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abbad ibn Bishr al-Ashxaliy (arabcha: عباد بن بشر) — Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri[1].

Abbad ibn Bishr 606-yil Madinada tugʻilgan[2]. Islom paygʻambari Muhammad Madinaga yuborgan Musab ibn Umayrning xutbalari tufayli islom taʼlimoti bilan tanishgan. Islomni qabul qilgandan soʻng, zohidona hayot kechirib, koʻp vaqtini ibodat bilan oʻtkazgan. Qur’onni mukammal bilgan[3].

Oisha binti Abu Bakr aytadilar: „ Ansorlardan Abdulashxal qabilasidan bo‘lgan uch kishidan: Saʼd ibn Muoz, Usayd ibn al-Xudayr va Abbad ibn Bishrdan hech kim fazilat jihatidan oshib ketolmaydi“[4].

Abbad ibn Bishr Payg‘ambar davridagi barcha harbiy yurishlarda qatnashgan. 626- yilda Muhammad Banu Muxorib va Banu Salaʼba qabilalariga qarshi yurish qilgan[5][6].