Aaron Wolf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Aaron Wolf
Jinsi erkak
Tugʻilgan paytidagi ismi yaponcha: ウルフ・アロン
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Qaysi sport dzudo
Tavallud sanasi 25-fevral 1996-yil (1996-02-25) (26 yosh)
Tavallud yeri Tokio, Yaponiya
Vazni 100 kg gacha
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Tokio 2020 100 kg
Kumush Tokio 2020 aralash jamoa
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati
Oltin Budapesht 2017 100 kg
Bronza Tokio 2019 100 kg
Dzudo bo'yicha Osiyo chempionati
Oltin Bishkek 2021 100 kg

Aaron Wolf (yaponcha: ウルフ・アロン; tugʻ. 1996-yil 25-fevral, Tokio, Yaponiya) — yaponlik dzudochi, 100 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. Yaponiya chempioni va sovrindori, Osiyo va Jahon chempioni, 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni va kumush medali sovrindori.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yil 25-fevralda Tokioda tugʻilgan. 2013-yilda u bronza medali sohibi boʻldi, keyingi yili esa oʻsmirlar oʻrtasidagi Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi. 2014-yilda Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2016-2019- yillarda Yaponiya chempionatlarining gʻolibi (2016-2017 — 100 kg gacha; 2019 — mutlaq toifa) va kumush medali sohibi (2017 — mutlaq toifa; 2019 — 100 kg gacha) boʻldi. Koʻplab nufuzli xalqaro turnirlar gʻolibi va sovrindori.[1]

2017-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u 100 kg gacha vazn toifasida finalda gruziyalik dzudochi Varlam Lipartelianini magʻlub etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda ozarbayjonlik raqibi Elmar Gasimovni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.[2]

2021-yilgi Aaron Wolf Yaponiyani Yozgi olimpiada oʻyinlarida himoya qilgan, bu oʻzining faoliyatidagi debyuti. Musobaqa natijalariga koʻra, u 100 kg gacha vazn toifasida final bahsida yaponiyalik koreyalik dzudochi Cho Gu-hamni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yaponiya terma jamoasi bilan ham kumush medalni qo'lga kiritdi.[3]

2022-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u 100 kg gacha vazn toifasida finalda oʻzbeklik dzudochi Muhammadkarim Xurramovni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]