AEGEE Yerevan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AEGEE Yerevan
Turi Talabalar tashkiloti
Maqsadi Madaniy diplomatiya
Internatsionalizm
Umumyevropachilik
Yevropaparastlik
Joylashuvi Yerevan
Aylanma daromad Notijorat tashkilot
Vebsayti www.aegee.org/

AEGEE Yerevan (armancha: AEGEE Երևան) Yevropa talabalar forumining (AEGEE-Yevropa) Armaniston boʻlimi. AEGEE Yerevan 2010-yilda notijorat talabalar tashkiloti sifatida tashkil etilgan va bosh qarorgohi Yerevanda joylashgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AEGEE Yerevan 2010-yilda Armanistondagi Yevropa talabalar forumining rasmiy boʻlimi sifatida tashkil etilgan[2]. AEGEE Yevropadagi talabalarning eng yirik fanlararo tashkilotlaridan biridir. AEGEE nodavlat va siyosiy mustaqil tashkilot boʻlib, Yevropaning 42 mamlakatidagi talabalar va yoshlar uchun ochiqdir[3].

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AEGEE Yerevan Armaniston-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini yanada yaqinlashtirishni, Armanistonning Yevropa integratsiyasini davom ettirishni hamda siyosiy va ijtimoiy jihatdan integratsiyalashgan demokratik hamda xilma-xil jamiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi[4]. AEGEE Yerevan, shuningdek, birlashgan Yevropani ilgari surish, murosasizlik va diskriminatsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va tengligini himoya qilish, shuningdek, yosh yevropaliklar va talabalar uchun transchegaraviy hamkorlik hamda harakatchanlikni himoya qilishni ilgari suradi[5]. AEGEE Yerevan Armaniston boʻylab bir nechta yoshlar dasturlari, seminarlar va koʻngilli loyihalarni tashkil qiladi. AEGEE-Yerevan, shuningdek, arman yoshlarini Yevropa yoshlar tashabbuslarida ishtirok etish va jalb qilishni kuchaytirishga va arman yoshlarini Yevropaning rasmiy va norasmiy taʼlim dasturlari haqida xabardor qilishga intiladi[6][7][8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 24-fevralda AEGEE Yerevan, Erasmus Mundus dasturi va Yerevan davlat universiteti Yevropa Ittifoqining Sharqiy hamkorligi bilan hamkorlikda „Mobillik harakati kuni“ni tashkil qilgan. Tadbirning maqsadi Erasmus Mundus dasturi haqida maʼlumot tarqatish boʻlgan[9]. Unda Britaniya konsulligi mutaxassislari ishtirok etgan.

2014-yil 1-dekabrda AEGEE Yerevan ketma-ket toʻrtinchi yil „Armeniston Modeli Yevropa Ittifoqi“ (AMEU) deb nomlanuvchi Yevropa Ittifoqining namunaviy konferensiyasini tashkil qilgan. Siyosiy simulyatsiyaga 16 mamlakatdan 140 nafar ishtirokchi aʼzo boʻladi. Tadbirga Yevropa Ittifoqining Armanistondagi delegatsiyasi homiylik qilgan va Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan. Mavzular Yevropa qitʼasidagi demokratik jamiyatlarning rivojlanishi va barqarorligiga qaratilgan[10]. Unda Armaniston fuqarolik jamiyati vakillari, Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining Armanistondagi sobiq elchisi Trayan Xristea ishtirok etgan. AMEU har yili kuzda oʻtkazib kelinadi.

2017-yilda AEGEE 250 talaba uchun katta konferentsiya oʻtkazgan. Konferentsiyada Yevropa Ittifoqi rasmiylari, jumladan qoʻshnichilik va kengayish boʻyicha muzokaralar boʻyicha Bosh direktorat Kristian Danielsson ishtirok etgan[11].

2018 yil 8-12-mart kunlari AEGEE Yerevan shahrida „Yevropa rejaviy uchrashuvi“ (EPM) boʻlib oʻtgan. EPM Yerevan 2018 Armaniston va AEGEEda tashkil etilgan eng yirik Yevropa yoshlar tadbiri boʻlgan[12]. Shuningdek , Janubiy Kavkazda oʻtkazilgan ilk AEGEE yigʻilishi[13]. Armaniston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlik, Yevropa Ittifoqining Sharqiy sheriklik aʼzolari bilan munosabatlari, Shengen hududida vizasiz sayohatlar va Erasmus dasturida yoshlar ishtiroki kabi mavzular boʻlib oʻtgan[14]. EPM Yerevan 2018 shiori Chegarasiz Yevropa boʻlgan.

2020-yil iyun oyida AEGEE Yerevanda birinchi onlayn Agora (Bosh Assambleya) boʻlib oʻtgan. Tadbir COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻtkazilgan[15]. Yevropaning 40 ga yaqin davlatidan 500 dan ortiq yosh liderlar ishtirok etgan[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „SALTO-YOUTH - Otlas - AEGEE-Yerevan“. www.salto-youth.net.
  2. „AEGEE-ն մասնաճյուղ կունենա Երեւանում“. A1Plus.
  3. „What is AEGEE?“. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  4. „AEGEE-Yerevan’s AMEU – Bringing the European Union and Armenia closer“ (2014-yil 1-dekabr).
  5. Think Tanks. AEGEE Yerevan onthinktanks.org
  6. „AEGEE-ն արդեն մասնաճյուղ ունի Երևանում“. PanARMENIAN.Net.
  7. „EU Centre and AEGEE Yerevan launch a series of Erasmus+ Info Action Day“. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  8. „Երեւանում անցկացվեց "Երիտասարդների գործազրկության օր"“. «Ազատ Եվրոպա/Ազատություն» ռադիոկայան.
  9. Directeur. „Promoting Study in Europe“ (2012-yil 18-mart).
  10. „AEGEE-Yerevan’s AMEU – Bringing the European Union and Armenia closer“ (2014-yil 1-dekabr).
  11. Soro. „EPM 2018 goes to… AEGEE-Yerevan!“ (2017-yil 27-may).
  12. Soro. „EPM 2018 goes to… AEGEE-Yerevan!“ (2017-yil 27-may).
  13. „AEGEE-Europe: EPM Yerevan 2018 – Bridging Europe“. EMI. 2022-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  14. Erth. „AEGEE-Yerevan About the EPM: "We Dream Big"“ (2017-yil 30-noyabr).
  15. „The first online Spring Agora: a review“. AEGEE-Groningen (2020-yil 3-iyul).
  16. „Հայաստանում առաջին անգամ կանցկացվի AEGEE Եվրոպական Ուսանողների Ֆորումի երիտասարդ առաջնորդների խորհրդաժողով“. artsakhpress.am.