Yelkanli kema sporti 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Yelkanli kema sporti XXXIII Olimpiada oʻyinlarida | |
---|---|
Arena | Marseille Marina |
Sanalar | 28-iyul – 8-avgust 2024 |
No. of events | 10 (4 erkaklar, 4 ayollar, 2 aralash) |
Ishtirokchilar | 330 (165 erkaklar va 165 ayollar) |
2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yelkanli kema sporti | ||
---|---|---|
Saralash | ||
IQFoil | Erkaklar | Ayollar |
Formula Kite | Erkaklar | Ayollar |
ILCA 7 | Erkaklar | |
ILCA 6 | Ayollar | |
49er | Erkaklar | |
49er FX | Ayollar | |
470 | Aralash | |
Nacra 17 | Aralash | |
2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida yelkanli sport musobaqalari 28-iyuldan 8-avgustgacha Marsel Marinada boʻlib oʻtgan[1][2]. Ushbu oʻyinlarda oʻnta turli musobaqalarda qatnashadigan sportchilar soni erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan holda 350 nafardan 330 nafargacha kamaytirilgan. Bundan tashqari, saralash jarayonida millatlar oʻrtasida gender tengligini saqlash uchun Parij 2024 yozgi Olimpiada oʻyinlarining suzish dasturiga bir qator muhim oʻzgarishlar kiritilgan.
Musobaqalar va yelkanli kema turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar va ayollar yelkanli kema sporti musobaqalarida quyidagi kema va qayiq turlaridan foydalanilgan
- Erkaklar uchun yagona qoʻl qayiq musobaqasi: ILCA 7
- Ayollar uchun yagona qoʻl qayiq musobaqasi: ILCA 6
- Aralash Ikki qoʻlli Dinghy musobaqasi uchun: 470
- Aralash Foiling Katamaran musobaqasi uchun: Nacra 17
- Erkaklar Skiff musobaqasi uchun: 49er
- Ayollar Skiff musobaqasi uchun: 49erFX
- Erkaklar Windsurfer musobaqasi uchun: IQFoil[3]
- Ayollar Windsurfer musobaqasi uchun: IQFoil[3]
- Erkaklar kiteboarding musobaqasi uchun: Formula Kite[4][5]
- Ayollar kiteboarding musobaqasi uchun: Formula Kite[4][5]
Kiteboarding, windsurfing, keelboats, Match Racing va Offshore Racing kabi tadbirlar yana kun tartibiga aylangan. Xalqaro yelkanli sport federasiyasi gender muvozanatini saqlash maqsadida aralash musobaqalar sonini oshirish taklifi bilan chiqqan.
Koʻplab munozaralarga sabab boʻlgan aralash Offshore tadbirini joriy etish varianti XOQ tomonidan eʼtirozlarga uchragan. Chunki bu bahs bir necha kun davom etib, musobaqa maydoni himoyalangan hududlardan uzoqda boʻlib oʻtishi kerak. Asosiy tashvishga soladigan narsa bu sportchilarning xavfsizligi, diniy va axloqiy eʼtiqodlarning bir-biriga mos kelmasligi bilan bogʻliq boʻlgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻnta turli musobaqalarda qatnashadigan sportchilar soni erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan holda 350 nafardan 330 nafargacha kamaytirilgan. Millatlar oʻrtasida keng gender tengligi va xilma-xillikni namoyish etishni maqsad qilib olgan Xalqaro yelkanli sport federasiyasi saralash jarayoniga bir nechta tuzatishlarni ratifikatsiya qilgan[6].
Saralash davri Gollandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi yelkanli kema sporti boʻyicha jahon chempionatida boshlangan. Unda 107 oʻrin yaʼni umumiy kvotaning qariyb qirq foizi, yelkanli kema sport turlari boʻyicha oʻnta turli musobaqalar boʻyicha eng yuqori oʻrinni egallagan MOQlarga berilgan. 2024-yilgi Erkaklar ILCA 7 va Ayollar oʻrtasidagi ILCA 6 jahon chempionatlarining har birida eng yuqori natija koʻrsatgan, avvalgi saralashlardan oʻtmagan MOQ vakili boʻlgan sportchilarga yettita oʻrin taqsimlangan. Har bir ILCA bahslari uchun qitʼa saralash bosqichida Osiyodan boshqa barcha qitʼa vakillari uchun ikkita kvota oʻrinlari ajratilgan. Chunki 2023-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida bitta kvota oʻrini va Tailandda boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpida oʻyinlari saralashida ikkita kvota oʻrini Osiyo qitʼasi vakillariga berilgan[7].
Mezbon mamlakat sifatida Fransiyaga oʻnta yelkanli kema sporti yoʻnalishidagi suzish sinflarining har birida bitta kvota oʻrni ajratilgan[8].
Sinflanish (kema turlariga koʻra)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sinf | Tur | Bahs | Jins | Sportchi | Trapeze | Asosiy yelkan | Jib/Genoa | Qayiq | Sinflar boshlangan sana | Bahslar boshlangan sana |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
IQFoil | Windfoiling | Tezkor | Ayollar | 1 | – | + | – | – | 2024 | |
IQFoil | Windfoiling | Tezkor | Erkaklar | 1 | – | + | – | – | 2024 | |
ILCA 6 | Yelkanli kema | Tezkor | Ayollar | 1 | – | + | – | – | 2008 | |
ILCA 7 | Yelkanli kema | Tezkor | Erkaklar | 1 | – | + | – | – | 1996 | Turli xil |
470 | Yelkanli kema | Tezkor | Aralash | 2 | 1 | + | + | + | 1976 | 2024 |
49er | Skiff | Tezkor | Erkaklar | 2 | 2 | + | + | + | 2000 | Turli xil |
49erFX | Skiff | Tezkor | Ayollar | 2 | 2 | + | + | + | 2016 | |
Nacra 17 | Multihull | Tezkor | Aralash | 2 | 2 | + | + | + | 2016 | |
Formula Kite | Kiteboard | Tezkor | Ayollar | 1 | – | + | – | – | 2024 | |
Formula Kite | Kiteboard | Tezkor | Erkaklar | 1 | – | + | – | – | 2024 |
Ishtirok etuvchi MOQlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelkanli kema sport turida yakka tartibdagi neytral sportchilardan (AIN) tashqari jami 65 MOQ ishtirok etgan.
- Jazoir (1)
- Angola (3)
- Antigua va Barbuda (1)
- Argentina (7)
- Aruba (2)
- Avstraliya (12)
- Avstriya (9)
- Belgiya (8)
- Bermud orollari (1)
- Braziliya (12)
- Britaniya Virgin orollari (1)
- Kanada (6)
- Kayman orollari (1)
- Chili (2)
- Xitoy (13)
- Kolumbiya (1)
- Xorvatiya (6)
- Kipr (4)
- Chexiya Respublikasi (3)
- Daniya (9)
- Misr (2)
- Salvador (1)
- Estoniya (2)
- Fiji (2)
- Finlandiya (4)
- Fransiya (14) mezbon
- Germaniya (14)
- Buyuk Britaniya (14)
- Gretsiya (4)
- Gvatemala (1)
- Gonkong (5)
- Vengriya (2)
- Hindiston (2)
- Irlandiya (4)
- Isroil (8)
- Italiya (12)
- Yaponiya (7)
- Kuvayt (1)
- Litva (2)
- Malayziya (2)
- Mavrikiy (2)
- Meksika (2)
- Montenegro (1)
- Mozambik (1)
- Niderlandiya (11)
- Yangi Zelandiya (12)
- Norvegiya (5)
- Peru (3)
- Polsha (10)
- Portugaliya (4)
- Puerto Riko (1)
- Ruminiya (1)
- Sent Lyusiya (1)
- Samoa (2)
- Singapur (2)
- Slovakiya (1)
- Sloveniya (6)
- Janubiy Koreya (1)
- Ispaniya (13)
- Shvetsiya (8)
- Shveysariya (7)
- Tailand (4)
- Turkiya (8)
- AQSh (13)
- Urugvay (3)
Musobaqa jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]P | Poygalar seriyasi | MP | Medallar poygasi (eng yaxshi 10 ta juftlik) |
Bahs↓ / Sana→ | 28-iyul | 29-iyul | 30-iyul | 31-iyul | 1-avgust | 2-avgust | 3-avgust | 4-avgust | 5-avgust | 6-avgust | 7-avgust | 8-avgust | 9-avgust |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Erkaklar sinfi | |||||||||||||
IQFoil | P | MP | |||||||||||
Formula Kite | P | MP | |||||||||||
ILCA 7 | P | MP | |||||||||||
49er | P | MP | |||||||||||
Ayollar sinfi | |||||||||||||
IQFoil | P | MP | |||||||||||
Formula Kite | P | MP | |||||||||||
ILCA 6 | P | MP | |||||||||||
49er FX | P | MP | |||||||||||
Aralash sinf | |||||||||||||
470 | P | MP | |||||||||||
Nacra 17 | P | MP |
Yakuniy natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Medallar jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]* Mezbon davlat (Fransiya)
Oʻrin | MOQ | Oltin | Kumush | Bronza | Umumiy |
---|---|---|---|---|---|
1 | Niderlandiya | 2 | 0 | 2 | 4 |
2 | Avstriya | 2 | 0 | 0 | 2 |
Italiya | 2 | 0 | 0 | 2 | |
4 | Avstraliya | 1 | 1 | 0 | 2 |
Isroil | 1 | 1 | 0 | 2 | |
6 | Buyuk Britaniya | 1 | 0 | 1 | 2 |
7 | Ispaniya | 1 | 0 | 0 | 1 |
8 | Fransiya* | 0 | 1 | 1 | 2 |
Shvetsiya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
Yangi Zelandiya | 0 | 1 | 1 | 2 | |
11 | Argentina | 0 | 1 | 0 | 1 |
Daniya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Kipr | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Sloveniya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
Yaponiya | 0 | 1 | 0 | 1 | |
16 | AQSh | 0 | 0 | 1 | 1 |
Norvegiya | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Peru | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Singapur | 0 | 0 | 1 | 1 | |
Jami (19 davlat) | 10 | 10 | 10 | 30 |
Erkaklar bahslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayollar bahslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahs | Oltin | Kumush | Bronza |
---|---|---|---|
iQFoil |
Marta Maggetti Italiya |
Sharon Kantor Isroil |
Emma Wilson Buyuk Britaniya |
Formula Kite |
Ellie Aldridge Buyuk Britaniya |
Lauriane Nolot Fransiya |
Annelous Lammerts Niderlandiya |
Laser radial |
Marit Bouwmeester Niderlandiya |
Anne-Marie Rindom Daniya |
Line Flem Høst Norvegiya |
49erFX |
Niderlandiya Odile van Aanholt Annette Duetz |
Shvetsiya Vilma Bobeck Rebecca Netzler |
Fransiya Sarah Steyaert Charline Picon |
Aralash bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Paris 2024 – Sailing“. Paris 2024. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ Vieira, Sheila. „How to qualify for shooting at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „IQFoil: The new Olympic windsurfing equipment“. Surfer Today. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Men's and Women's Kiteboarding confirmed for Paris 2024“. World Sailing (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Hodgetts, Rob. „Olympic sailing overhauled in 'gender equity' drive for Paris 2024“. CNN (2018-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ Vieira, Sheila. „How to qualify for shooting at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ Vieira, Sheila. „How to qualify for shooting at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ Vieira, Sheila. „How to qualify for shooting at Paris 2024. The Olympics qualification system explained“. International Olympic Committee (2022-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
- ↑ „Paris 2024 Olympic Competition Schedule – Sailing“ (PDF). Paris 2024 64–66. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.