Kontent qismiga oʻtish

2000

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(2000 yildan yoʻnaltirildi)

2000

Ming yilliklar: 2-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

2000-yil — „Sogʻlom avlod yili“9-yanvar. Islom Abdugʻaniyevich Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi.

13-yanvar — Toshkent shahrida „Ijod dunyosi“ nashriyot uyi tashkil etildi.

28-yanvar — Toshkent davlat universitetiga Oʻzbekiston milliy universiteti maqomi berildi.

3-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

9-fevral — Toshkentda Germaniya mashinasozlik korxonalari ittifoqi /VDMA/ Oʻrta Osiyodagi byurosining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

15-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Sogʻlom avlod“ davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

21-fevral — „Minnatdor xotira“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.

24-fevral — Afgʻon urushi nogironlari respublika xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.

20-mart — Banklar assotsiatsiyasining yangi Banklararo moliyaviy xizmat markazi binosi, „Xobas-TAPO“ Oʻzbekiston—Shveysariya—Germaniya qoʻshma korxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

24-mart — Orolning janubiy sohilida ishlayotgan Qoraqalpogʻiston — Avstraliya arxeologiya ekspeditsiyasi qum ostida qolib ketgan qadimiy shahar (Oqshaxan qalʼa)ni aniqlaganligi rasmiy maʼlum etildi.

31-mart — Toshkentda Xalqaro biznesmarkaz ish boshladi.

Mart — „Sovplastital“ Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi xalqaro savdo „Liderlar klubi“ tomonidan yuksak mukofot — „Eng yaxshi savdo markasi — yangi ming yillik sovrini“ oltin sovrin bilan taqdirlandi.

6-aprel — Navoiy viloyati hududida bentonit gil koni topildi.

14-aprel — „Urganch“ aeroportining aerovokzal majmuasi foydalanishga topshirildi.

20—21-aprel — Toshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlararo kengashi boʻlib oʻtdi. Toʻrt davlat boshliqlari „Terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavfxatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma“ni imzoladilar.

Aprel — Andijon viloyatida „Asaka—ASK“ Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

12-may — Toshkentda „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuining ochilish marosimi boʻldi.

19-may — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida Respublika Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va isloh qilish masalalari yuzasidan umumiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Fanlar akademiyasining yangi tahrirdagi Nizomi qabul qilindi.

25—26-may — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-sessiyasida „Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolati toʻgʻrisida“ qonun qabul qilindi.

May — Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodining 100 yilligiga bagʻishlangan yubiley tantanalari boʻlib oʻtdi.

9-iyun — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi xalqaro mukofot — „Yevromarket—2000“ sovriniga sazovor boʻldi.

23-iyun — Butunjahon kurashni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.

27-iyun — „Sogʻlom avlod“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.

18-iyul — Oʻzbekiston koʻzi ojiz va zaif bolalarni hamda yoshlarni reabilitatsiya qilish boʻyicha „Panoh shuʼlasi“ jamgʻarmasi tuzildi.

25-iyul — Toshkentda „Fidokorlar“ milliy-demokratik partiyasining birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi.

25-avgust — Iqtidorli yoshlar uchun „Nihol“ mukofoti taʼsis etildi.

29-avgust — Poytaxtni Fargʻona vodiysi bilan tutashtiruvchi Kamchiq dovonidan oʻtkazilgan yangi avtomobil yoʻlining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

30-avgust — „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni taʼsis etildi.

30-31-avgust — Toshkentda 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida „Pochta aloqasi toʻgʻrisida“, „Psixiatriya yordami toʻgʻrisida“, „Radiatsiya xavfsizligi toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi.

14-sentyabr — Toshkentda YUNESKO homiyligida dinlararo muloqot boʻyicha „Dunyo dinlari: jahon madaniyati yoʻlida“ mavzuida xalqaro kongress ochildi. Unda jahonning 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etdilar.

Sentyabr — Orol dengizining qurib qolgan oʻzanida oʻrmon barpo etishga oid Oʻzbekiston—Germaniya qoʻshma loyihasini amalga oshirishga kirishildi.

Sentyabr — Oʻzbekistonda Auditorlar palatasi ish boshladi.

Sentyabr — Fuqarolarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha maslahat beradigan „Toshkent axborot xizmati“ ochildi.

1-oktyabr — Oʻzbekistonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev boks boʻyicha 27-yozgi Olimpiada chempioni boʻldi.

4-oktyabr — Oqsaroyda Sidneydagi Olimpiada oʻyinlarida oltin, kumush va bronza medalini qoʻlga kiritgan olimpiadachilarni tabriklash marosimi boʻlib oʻtdi.

16-oktyabr — „Sharq“ nashriyot-matbaa konserni „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi.

19-oktyabr — „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasining A-310 rusumli zamonaviy havo kemasi 9 soatda Yaponiyaning Miyazaki prefekturasidan yoʻlga chiqqan 170 nafar sayyohni Buxoroga olib keldi.

21-oktyabr — Fargʻona viloyatida buyuk olim va mutafakkir Ahmad al-Fargʻoniy xotirasiga bagʻishlangan tantanalar boʻlib oʻtdi.

29-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi boksni rivojlantirish, qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasi tuzildi.

31-oktyabr — Toshkentda barpo etilgan „Azimut“ korxonasida ishlab chiqarila boshlagan „ARABIK CLASSIC“ yangi markadagi tabiiy kofe taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oktabr — Toshkentda Oʻrta Osiyo mamlakatlari suv xoʻjaligi xodimlari malakasini oshiradigan mintaqa trening markazi ochildi.

Oktabr — Nukusda shaharlararo ikkinchi „Janub“ avtobekati ishga tushirildi.

Oktabr — Toshkentda Oʻzbekiston—Koreya „Amako-bouling“ qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.

16-noyabr — Margʻilonda buyuk fiqh olimi, imom Burhoniddin Margʻinoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin Margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi.

17-noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, imom, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130-yillik yubileyi nishonlandi. Samarqandda Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi.

24-noyabr — Oʻzbekiston „Ofarin“ jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.

29-noyabr — Samarqand viloyatining Payariq tumanida qadimiy Koʻktepa shahri xarobalari oʻrnida badavlat ayol („Saklar malikasi“)ning dahmasi topildi.

Noyabr — YUNESKO meʼmoriy-tarixiy yodgorliklar Jahon merosi qoʻmitasining Avstraliyada boʻlib oʻtgan majlisida Oʻzbekistonning Shahrisabz, Buxoro shaharlari tarixiy markazlari Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi.

Dekabr — Toshkent va Samarqand shaharlarida Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi.

2000 — Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi negizida Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi tashkil topdi.

  • Turkiyada prezident lavozimiga Ahmed Sezer saylandi.
  • Ion Iliesku Ruminiya prezidenti etib qayta saylandi.
  • Ispaniyada Xose Mariya Asnarning saylovlardagi yangi gʻalabasi.
  • Isroil prezidenti Ezer Vaytsman moliya sohasidagi suiisteʼmollari tufayli isteʼfo berdi.
  • Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasida Evroosiya iqtisodiy jamiyati (Evr AzES) tuzilganligi toʻgrisidagi shartnoma imzolandi.
  • America online kompaniyasi „Time Warner“ firmasini sotib oldi hamda uyali telefonlar va internet sohasida jahondagi eng yirik kompaniyaga ay­landi.

Sentyabr - Sidneyda 27-yozgi Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

  • Fizika — Zhores Alferov, Herbert Kroemer va Jack Kilby
  • Kimyo — Alan Heeger, Alan MacDiarmid va Hideki Shirakawa
  • Fiziologiya va tibbiyot — Arvid Carlsson, Paul Greengard va Eric Kandel
  • Adabiyot — Gao Xingjian
  • Tinchlik — Kim Dae-jung
  • Iqtisodiyot — James Heckman va Daniel McFadden


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.