1990 (albom)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1990
Maks Barskix albomi
Chiqarilgan sanasi 9-oktyabr, 2020-yil(2020-10-09)
Janr pop
Davomiyligi 41:57
Til ruscha
Leybl Sony Music Entertainment
Maks Barskix xronologiyasi
S Maksom po domam
(2020)
1990
(2020)
Zorepad
(2023)

1990 – ukrainalik qoʻshiqchi Maks Barskixning beshinchi studiyaviy albomi, 2020-yil 9-oktabrda Sony Music Entertainment leybli boshqaruvi ostida chiqarilgan. Ushbu albom trilogiyani yakunlaydi, uchlikka esa quyidagilar kiradi: Tumani, 7, 1990[1]. Maksning soʻzlariga koʻra, albom nomi uning tugʻilgan yili bilan nomlangan va qoʻshiqlarning oʻzi 80- va 90-yillar uslubida yaratilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, albom 11 ta trekdan iborat edi, ammo keyinchalik unga Misha Romanova bilan ijro etilgan duet ham qoʻshildi[2].

Albomning konsert taqdimoti 2020-yil 12-dekabrda eʼlon qilindi. Memo Dine & Bar oʻtkaziladigan joy sifatida tanlangan, biroq Maksning chiqishlaridan soʻng, konsert zali COVID-19 profilaktikasi choralari buzilgani va tungi vaqtda ishlagani uchun vaqtincha yopilgan[3][4].

Albom chiqishidan oldin Maks Barskix oʻzining Instagram sahifasiga qoʻshiqlardan parchalar va albom muqovasini joylashtirdi[5].

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 22-noyabrda albomni qoʻllab-quvvatlovchi bosh singl sifatida chiqarilgan „Ley, ne jaley“ qoʻshigʻi chiqdi[6]. Oʻsha kuni mood-video, 2020-yilning 7-fevralida esa rasmiy klip chiqarildi. Ikkala videoishga Alan Badoyev rejissyorlik qilgan[7][8].

2020-yil 28-fevralda „Nebo lyot dojdyom“ birinchi promo-singl chiqdi[9]. Qoʻshiq bilan birga mood-video ham chiqarildi. Uni ham Alan Badoyev suratga olgan[10].

2020-yil 8-martda, Xalqaro ayollar kuni va Maks Barskixning tugʻilgan kunida albomni qoʻllab-quvvatlovchi ikkinchi promo-singl sifatida „Dvoє“ qoʻshigʻi chiqarildi[11]. Qoʻshiq ukrain tilida yozilgan. Oʻsha kuni rejissyor Alan Badoyev tomonidan mood-video ham chiqdi[12].

2020-yil 15-mayda „Po sekretu“ qoʻshigʻi chiqdi, bu albomni qoʻllab-quvvatlovchi ikkinchi va oxirgi singl boʻldi[13]. Chiqarilgan kuni trekning klipi ham chiqdi. Bu ishda ham Alan Badoyev rejissyorlik qilgan[14] .

Treklar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apple Music ma'lumotlariga ko'ra
NomiDavomiyligi
1.Армаггедон3:37
2.Самолёт3:33
3.По местам3:32
4.Океаны3:46
5.Лей, не жалей3:30
6.Небо льёт дождём3:31
7.Наивна3:27
8.Пустые глаза2:57
9.По секрету3:21
10.Всё проходит3:13
11.Двоє3:41
12.Любовь, не умирай(Misha Romanova ishtirokida)3:49
Jami davomiyligi:41:57

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Макс Барских завершил альбомную трилогию с «1990» (Слушать)“. InterMedia (2020-yil 9-oktyabr). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Макс Барских представил будущий трек-лист нового альбома“. L’oficell Ukraine (2020-yil 3-sentyabr). 2021-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „В Москве могут временно закрыть бар за нарушения мер по COVID-19 на концерте Макса Барских“. TASS.RU (2020-yil 13-dekabr). 2020-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „В Москве бару грозит закрытие после концерта Макса Барских“. IZ.RU (2020-yil 13-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Истории и обложки“. Instagram (2020-yil 23-sentyabr). 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Макс Барских (Max Barskih) — Лей, не жалей (Ley ne zhaley)“ (en). Genius (2019-yil 22-noyabr). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Mood Video «Лей, не жалей» на YouTube“. YouTube (2019-yil 22-noyabr). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Официальный видеоклип «Лей, не жалей» на YouTube“. YouTube (2020-yil 7-fevral). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Макс Барских (Max Barskih) — Небо льёт дождём (Nebo l’et dozhdem)“ (en). Genius (2020-yil 28-fevral). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Mood Video «Небо льёт дождём» на YouTube“. YouTube (2020-02-82). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Макс Барских (Max Barskih) — Двоє (Dvoe)“ (en). Genius (2020-yil 8-mart). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Mood Video ««Двоє»» на YouTube“. YouTube (2020-yil 8-mart). 2022-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  13. „Макс Барских (Max Barskih) — По секрету (Po secretu)“ (en). Genius (2020-yil 15-may). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  14. „Макс Барских создал портрет современной женщины «По секрету» (Видео)“. Intermedia (2020-yil 15-may). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.