Kontent qismiga oʻtish

Çiğdem Batur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çiğdem Batur
Tavalludi 13-iyul 1982-yil (1982-07-13) (41 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Gazi Universiteti, Aloqa fakulteti, Xalqaro Munosabatlar boʻlimi
Kasbi Aktrisa, Rejissor, Dublajchi
Millati turk

Çiğdem Batur — 1982-yil 13-iyulda Turkiyaning Düzce viloyatida tavallud topgan. Aktrisa, rejissor va dublyaj ustasi. Gazi Universitetining aloqa fakultetida xalqaro munosabatlar boʻlimini tamomlagach, 2000—2004-yillarda universitetga qarashli teatrda rol oʼynash bilan faoliyatini boshlagan[1]. 2006-yilda „Kumush“ nomli serialda Songül Öden, Kıvanç Tatlıtuğ, Ekrem Bora, Güngör Bayrak, Laçin Ceylan, Tarık Ünlüoğlu kabi mashhur kino yulduzlari bilan birgalikda rol oʼynagan. 2007-yilda efirga uzatilgan „Voz kech koʼnglim“ nomli serialda Murat Han ve Bulut Aras bilan birgalikda bosh rolni ijro etgan. 2009-yilda Turkiyada mobil internet reklamasida ishtirok etgan. 2010-yildan keyin Necati Şaşmaz tomonidan suratga olingan „Qashqirlar makoni“ nomli serialda Çiğdem Batur, „Savcı Leyla“ rollarini ijro etgan[2]. Manisa Kulis Xabarlariga koʼra, Gökhan Keser Çiğdem Baturning sevgilisi boʼlganligi va Batur bu munosabatni yakunlaganligi haqida aytib oʼtilgan. Lekin, aktrisa oʼzining shaxsiy hayoti haqida hech qayerda oshkor qilishni yoqtirmaydi[3].


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Çiğdem Batur kimdir? Çiğdem Batur kaç yaşında ve nereli? - Haberler“. haberler.com. Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
  2. „Çiğdem Batur Biyografi.info“. biyografi.info. Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
  3. Manisa Kulis Haber, Cigdem Batur „Son Dakika Manisa Haberleri“. haberler.com.