'''Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi - O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida bo‘lib, yangi tarkibi bilan o‘z faoliyatini 2023-yil 1-martdan boshladi.

Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi
Joylashgan yeri
Farovan MFY
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent, O‘rta Chirchiq,
Maʼlumot
Funding type Davlat boshqaruv idorasi
Asos solingan sanasi 1998-yil
Ochilgan sanasi 2023-yil
Direktor Yusupov Qudratjon Muxammadqodirovich
+998(70)700 75 54

+998(70)700 75 58

Maʼlumot pochta indeksi 111518
Website

Maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

- hududda ta'lim, fan va innovatsion rivojlantirish, sohalarini samarali tashkil qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo'yicha o'tkaziladigan kirish test sinovlarining adolatli, xolis va shaffof o'tkazilishini tashkil etish;

- hududda o'quv-tarbiya jarayonlari, o'qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalari tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish;

- xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o'zlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, iqtisodiyot tarmoqlari, davlat boshqaruv organlari va ta'lim tashkilotlari kesimida xorijiy tillarni bilish reytingini yuritish;

- hududda boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'limini yagona davlat siyosati talablari asosida tashkil etish, professional ta'limni rivojlantirish, professional ta`lim muassasalarida o`quv-metodik, ma`naviy-ma`rifiy va moddiy-moliyaviy faoliyatini muvofiqlashtirish.

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

- Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlarda ijrosini ta`minlash;

- Vazirlikning markaziy apparati boshqarma va bo`limlarining vazifalarini boshqarmaning tegishli bo'lim va mutaxassislari tomonidan taalluqli vazifa sifatida ijrosini ta'minlash.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufida bugungi kunda 13 ta oliy ta’lim muassasasi, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, akademik litseylar – 3ta; professional ta’lim muassasalari 60 ta (ulardan 32 tasi – kasb-hunar maktabi, 10 tasi – kollej; 18 tasi – texnikum) mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 1998-yil 13-maydagi 204-son qaroriga [1] asosan tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga [2] asosan Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga [3] asosan Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-14-son [4] Farmoniga muvofiq Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi negizida Toshkent viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tashkil etildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaboyev Umar (munozara)