Olimpiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olimpiya — Elida (Peloponnesning shim.-gʻarbiy qismi)dagi yunonlar shaxri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis oʻrmonzori). O. atro-fida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilgan in-shootlar (stadion va b.) joylashgan. O.da Fidiy ustaxonasi joylashgan. O. maʼmuriy majmuasi mil. av. 7— 4-a.

larda shakllangan. Mil. 426 y. Rim imperatori Feodosii II buyrugʻiga koʻra oʻt qoʻyilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada oʻyinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pe-lops sajdagohi, ibodatxonalar haro-balari, jumladan, Gera, Zevs, Xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va b. topilgan O. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil