Kontent qismiga oʻtish

Oʻsh uyezdi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Rossiya imperiyasi uezdi |nomi = Oʻsh uezdi |guberniya gerbi = Fergana obl coa.png |guberniya = Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi){{!}}Fargʻona...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

19-dekabr 2015, 18:30 dagi koʻrinishi

Andoza:Rossiya imperiyasi uezdi

Oʻsh uezdi — Turkiston general-gubernatorligi Fargʻona viloyatining maʼmuriy-xududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Oʻsh shahri.

Tarixi

Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgandan va Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng uezd 1876 yili tashkil etildi. Oʻsh uezdi Turkiston general-gubernatorining 6 fevral 1876 yildagi buyrugʻi bilan tashkil etildi. Oʻsh uezdi markazi Oʻsh shahri, maydoni 25 253 verst, aholisi 59 760 odam, shundan Oʻsh shahrida 1881 yili 3 950 odam 1049 uy xoʻjaligida yashagan, 1912 yili esa 45 mingdan oshiq, shu jumladan 900 taga yaqin rus. 1897 yili Oʻsh uezdida 161 640 odam yashagan, shu jumladan, Oʻsh shahrida 34 157 odam. 1 yanvar 1910 yil holatiga Oʻsh uezdida 193 382 odam yashagan. Oʻsh uezdida 6 ta volost va 50 oqsoqollik boʻlgan.

Oʻsh shahrini maʼmuriy boshqarish uezd boshligʻi, rus armiyasi ofitseri zimmasiga yuklatilgan. Uni Fargʻona viloyati harbiy gubernatori tayinlardi. Uezd boshligʻi bir vaqtda bir qancha vazifalarni bajargan: shahar rahbari, sudya, polits­iya boshligʻi, tuman boshligʻi, shahar hokimiyati, soliq raisi, kasalxona qoʻmitasi, uezd va shahar jamoat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi, gʻaznaxona har oy tekshiruvchisi, qamoqxona boʻlimi raisi va boshqalar. 1912 yilga kelib uezd va shahar hokimiyati idoralari tarkiban oʻsdi. Bular rus armiyasi ofitserlari (polkovnik va podpolkovnik) uezd boshligʻi va uning yordamchisi, ular bir vaqt oʻzida shaharni ham boshqarishgan, uezd vrachlari va er oʻlchovchi mutaxassis, shahar arxitektori, uchastka noziri va poli­siya boshligʻi, qamoqxona boshligʻi, sudyalar va boshqalar. Asta-sekin Oʻsh shahriga har xil mutaxassislar va amaldorlar kela boshladi — Popov I.I. — uezd er oʻlchovchisi, Tomashevskiy G.R. — qurilish boshqarmasi muhandisi, Kondratev N.N.- Oʻsh kasalxonasi birinchi boshligʻi, Glushkov P.Ya.- uezd veterinariya vrachi, Orlov V.F. — rus-tuzem maktabi mudiri, Yassinskiy Ye.I.- katta tibbiy feldsher, Prixodko B.F. — Oʻsh oʻrmonchiligi noziri, Larionov P. — Oʻsh uezdi boshligʻi yordamchisi. Shahar hukumati deputatlari va nomzodlari har xil vaqtlarda — Romanenko A.F., Artemev I, Olifin L.I., Popov A.G., Grechkin N.A. va boshqalar boʻlishgan. Shahardagi tartibni politsiya mirshablari — Chikunov A.I., Mushtin A.N., Shpilevskiy A., Grexov N., Markov V., Ribalchenko F.G. va boshqalar nazorat qilishgan. Bu erdan Markaziy Osiyo va Pomir xududlarini oʻrganish uchun koʻplab ilmiy ekspeditsiyalar boshlangan. Ularni taniqli rus olimlari: Fedchenko A.P., Oshanin V.F., Mushketov I.V., Seversov N.A., Ivanov D.A., Grumm-Grjimaylo, Grombchevskiy B.L., Kostenko L.F., Zaysev V.N., Korjenevskiy N.L. va boshqalar boshqargan. Shahar xoʻjaligini deputatlar ishtirokida uezd boshligʻi boshqaradi. Shahar kirimi 30 800 rublni tashkil etgan.

Podsho maʼmuriyatidan tashqari mahalliy aholi vakillaridan iborat tuzem maʼmuriyati ham faoliyat koʻrsatgan.

Geografiya

Oʻsh uezdi Fargʻona viloyatining eng katta uezdi boʻlgan va janub qismini egallagan. Gʻarbda Buxoro amirligi bilan, sharqda Xitoy bilan chegaradosh boʻlgan. Uezd Pomir-Oloy togʻ tizimi xududida joylashgan.

Maʼmuriy boʻlinish

Uezd 1876 yili tuzilganda 3 ta volostga boʻlingan[1]:

  • Gulcha;
  • Oqbura;
  • Novqat.

1881 yili uezdda 6 ta volost boʻlgan[1].

1903 yili uezdda 11 ta volost boʻlgan[2]:

  • Oloy;
  • Oqbura;
  • Buloqboshi;
  • Gulcha;
  • Qashqarqishloq;
  • Qapchigʻay;
  • Qurshob;
  • Manak;
  • Novqat;
  • Oʻsh;
  • Turuk.

Oʻsh shahar ramzi

thumb|170px|right|Gerb goroda 1908 goda Oʻsh shahar gerbi 22 oktabr 1908 yili tasdiqlangan[3]

«В червленом щите серебряная вершина горы, сопровождаемая сверху золотым полумесяцем рогами вверх. В нижней оконечности щита две золотые воловьи головы с червлеными глазами. В вольной части щита герб Ферганской области. Щит украшен серебряною башенною короною о трёх зубцах и окружён двумя виноградными лозами, соединёнными Александровской лентою».

{{{Manba}}}

Siluet gori Сулайман-Тоо zanimaet sentralnoe mesto i v sovremennom gerbe Osha. Nad siluetom gori izobrajeno zolotoe solnse s isxodyaщimi ot nego luchami, vsya kompozitsiya okrujena sinim kirgizskim ornamentom s nadpisyu „OSh“ v nijney chasti[4].

Aholi

1896 yili uezdda 105 032 odam yashagan. Aholini asosiy qismini oʻzbeklar, sartlar va qirgʻizlar tashkil etgan. Shahar ikki qismdan iborat boʻlgan: rus va tuzem. Rus qismi Oqbura daryosi boʻylab hozirgi Oʻsh viloyat hokimligi binosi, pravoslav cherkovi, Toʻqtagʻul bogʻi va Dam olish uyi tepa qismida joylashgan.

Oʻsh shahrining aholisi 1910 yildagi statistik maʼlumotlariga asosan 44 204 odamni tuzgan (23 170 erkak, 21 034 ayol): sartlar — 38 646, qirgʻizlar — 2 031, uygʻurlar — 500, qoraqalpoqlar — 1 606, dungonlar — 126, tatarlar — 45, qoraqirgʻizlar — 8, tojiklar — 198, forslar — 5, hindlar — 3, loʻlilar — 12, armanlar — 20, afgʻonlar — 5, evreylar — 33, boshqa millatlar — 51. Uylar — 6 254 (100 ta rus qismida, 6 154 ta tuzem qismida. Mixail-Arxangel pravoslav cherkovi. Masjidlar — 154, mozorlar — 7, cherkov maktabi, erkaklar maktabi — 20, ayollar maktabi — 12, madrasalar — 5, korxonalar — 8, shahar kasalxonasi 15 ta karavotga, mahalliy harbiy kasalxona, 10 Turkiston bataloni qoshidagi harbiy yigʻilish.

Iqtisodi

Qishloq xoʻjaligi uezdning faqat shimoliy-gʻarbiy qismida rivojlangan edi. Asosiy haydaladigan ekinlar qishqi va bahorgi bugʻdoy, arpa, tariq, guruch, paxta edi. Terini, yogʻochni, temirni va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kichik hunarmandchilik korxonalari va kasb ishxonalari soni oʻsdi (faqat abjuvoz va moyjuvozlar 850 ta edi). 1908 yili Oʻshda 441 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatgan, ishchilar soni — 616 ta.

Oʻshda energetika tuzila boshladi. 1913 yili Yangi shahar qismida Yakkalik arigʻida kichik GES qurildi, unga 240 ot kuchiga ega „Frensis“ gidroturbinalari va 55 kVt lik doimiy tok generatori oʻrnatilgan. Elektroenergiya tegirmonga kelardi va rus boylarini uylarini yoritardi. 1914-1916 yillari „Shimonek“ firmasi va muhandis Lebedov tomonidan Oqbura daryosi oʻrganib chiqildi va quvvati 4500 ot kuchiga ega ikkinchi GES loyihasi tayyorlandi. Ikkinchi GES Eski shaharda qurildi va eski shahar boylarining uylariga va doʻkonlariga yorugʻlik berardi.

1914 yili Oʻsh shahrida-pivzavod, 2 valikli tegirmon, 2 ichak tozalash, 2 teri koʻnchilik, 2 paxta tozalash korxonalari bor edi. „Zinger“ boʻlinmasi agentlari orqali Oʻsh uezdi va shahar aholisiga tikuv mashinalarini muvaffaqiyatli sotdi. Oʻshda jun va boshqa chorva xom-ashyosini sotib olishda G.V.Dyurshmidt nemis firmasi va „Stuken va Ko“ firmasi, janubiy Qirgʻiziston oʻrmonlaridagi yongʻoq xom ashyosini tayyorlash va chet elga olib ketishni bir fransuz firmasi olib bordi. Ipak yigiruv sanoati xom ashyosi boʻlgan ipak qurtini „Bauer“ va „Aka-uka Kolombinilar“ italyan va fransuz firmalari sotib olishdi. „Katta Yaroslav manufakturasi“, „Aka-uka Shlossberglar“ va boshqa rus korxonalari paxtanii sotib oldi va uni birlamchi qayta ishlab, Rossiya toʻqimachilik korxonalariga olib ketishdi. Ruslarga Oʻsh gospitali, mahalliy aholiga tuzem kasalxonasi faoliyat koʻrsatardi, keyinchalik butun aholiga xizmat koʻrsatadigan shahar kasalxonasi qurildi. Katta sanitar-profilaktika ishlari, chechak va moxov bilan kurash olib borildi. Veterinariya xizmati va ob-havo stansiyasi tashkil etildi.

Kinoteatr A.K. Apostolovga tegishli edi. Shaharni elektrlashtirishni va telefonlashtirishni T.G. Dryaxlov, „Pilzen pivosi“ni ishlab chiqaradigan pivo korxonasining egasi A.Yu. Moneta, Oqburadagi tegirmon egasi S.M. Sukorkina, ichak tozalash korxonasining egasi va quruvchi I.D. Shustov va boshqalar boshlashgan.

Qirgʻizlarning asosiy hunari koʻchmanchi chorvachilik boʻlgan.

Sanoat hunarmandchilik belgilariga ega edi.

Taʼlim tizimi va Oʻsh uezdida rus-tuzem maktabi

Oʻqituvchi Boltihoji Sultonov va uning otasi Oʻsh shahar katta oqsoqoli mingboshisi Sulton Toirboyev Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabini ochish tashabbuskorlari boʻlishgan. Shu bilan birga rus-tuzem maktabini ochish uchun ular pul mablagʻlarini berishdi. Oʻsh uezdi rahbarlari mahalliy aholi maktabga ketadigan harajatlar uchun pul mablagʻlarini berishi, tuzem aholisi yoshlarni rus tilini oʻrganishi kerakligini tushunishayotgani bilan izohladi. rus-tuzem maktablari — Turkiston oʻlkasi rus maʼmuriyati tomonidan ochilgan boshlangʻich taʼlim maktablari edi. Bu maktablarning maqsadi mahalliy aholi yosh farzandlarini rus tiliga oʻqitish, jahon va rus madaniyati bilan tanishtirish, oʻlka maʼmuriyatining eng quyi pogʻonalariga amaldorlar tayyorlashdan iborat edi[5]. Ushbu rus-tuzem maktablarida rus tiliga oʻrgatish birinchi oʻquv yilidan boshlanardi.

15 yanvar 1887 yili Boltihoji Sultonov va uning otasi Oʻsh shahar katta oqsoqoli mingboshisi Sulton Toirboyev Oʻsh uezdi boshligʻi M.Ye. Ionov va Turkiston oʻlkasi rahbarlari yordamida, Oʻshda rus-tuzem maktabini ochishdi. Maktabda oʻsha vaqtda: mudir, 2 ta ayol oʻqituvchi, arab tili oʻqituvchisi B.S. Sultonov va bir amaldor ishlashardi. Ushbu maktab faqat boshlangʻich taʼlim asoslarini oʻqitgan edi. 1915 yili mahalliy rus-tuzem maktabi sinflar va oʻqituvchilar sonini oshirdi. Agarda oldin bitta sinf oʻqitilgan boʻlsa, yanvar oyidan boshlab Turkiston oʻlkasi general-gubernatori roziligi bilan qoʻshimcha ikkinchi sinf ochildi va yana bitta oʻqituvchi Joʻraxon Zaynobiddinov ishga olindi. Uezd boshligʻi maktab binosini kengaytirish uchun 740 soʻm (rubl) 39 tiyin ajratib berdi. Keyinchalik ushbu maktab oktabr 25-yilligi deb nomlandi. Oʻqituvchi Boltihoji Sultonov rus-tuzem maktabida kutubxona tashkil etdi[6]. Ushbu kutubxona inqilobdan oldin Janubiy Qirgʻizistonda birinchi kutubxona boʻlgan.

Sovet hokimiyati davrida Janubiy Qirgʻiziston тaʼlimi soxasiga qoʻshgan hissasi

Boltihoji Sultonov oʻqituvchi edi, shuning uchun janubiy Qirgʻizistonda xalq taʼlimini rivojlantirishga maktablar tizimini yaratishga katta eʼtibor bergan.Oʻsh viloyati xalq taʼlimi rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. 20 may 1918 yili u Oʻshda xalq taʼlimi kengashi tuzilishida faol ishtirok etdi. Uning bevosita ishtirokida 1918 yil avgustida 95 ta kichkintoyga moʻljallangan bogʻcha ochildi, 1918 yili Oʻsh uezdida 13 ta maktab ochildi, u erda 939 ta bola bilim olardi[7].

Oʻsh uezdida madaniyat va sanʼat

1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchilari Boltihoji Sultonov va Joʻraxon Zaynobiddinov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan[8]. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan[9]. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga aloxida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrini tuzishga asos boʻlgan.

Oʻsh uezdida savdo

Asr boshida oʻlkadagi eng katta boʻlgan Oʻsh bozorida 1300 savdo xonalari mavjud boʻlgan. Savdo firmalari va savdo-sanoat firmalari faoliyat koʻrsatgan. Savdo bilan Oʻshda Davidov, Yepifanov, Pryadko, oziq-ovqat bilan D.L. Filatov va N.Ya. Pu­gasov; gilamlar bilan — Rahmonberdi Madazimov, A. Raxmatul­laev, A. Vaxobov, X. Ho­jiev; sanoat mahsulotlari bilan D. Щukin, S. Vadyaev, Sh.X. Abra­su­m; hom-ashyo, chorva-M. Sa­li­baev, S. Abdrasulov (TsGA RUz. -F. I. 19. Op.1. D.2504. L.13-27; D.17054. L.2-3; OOGAPD. -F.50. Op.1. D.41. L.4; D.71. L.7,7 obr.). Birinchi mehmonxonani Taranin P.M. ochgan. XX asr boshlarida rus ishbilarmoni D.I. Pavlov „Moskva“ mehmonxonasini qurdi va uchta restoranga egalik qildi.

Oʻsh uezdi boshliqlari[10]

Rus podshosi davrida Oʻsh uezdiga rahbarlik qilishdi:

  • 1876-1888 yillar — kapitan Ionov Mixail Yefremovich keyinchalik rus armiyasi general-mayori boʻlgan (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 115-a. L.25).
  • 1889-1892 yillar — podpolkovnik A.N. Deybner (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 34. L.1; D.113. L.7,10).
  • 1893-1895 yillar — podpolkovnik Grombchevskiy Bronislav Lyudvigovich keyinchalik rus armiyasi general-mayori boʻlgan (TsGA RUz. -F. I. 19. Op. 1. D.24150. L.1-2; D.13587. L.34-35; OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 71. L.3; D.112. L.21).
  • 1895-mart 1906 yillar — polkovnik V.N. Zaysev (TsGA RUz. -F. I. 19. Op. 1. D. 25044.L.13, 27; OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 33. L.5,17; D.42. L.1)
  • mart 1906-1915 yillar — polkovnik A.A. Alekseev (OOGAPD. -F. 50. Op. 1. D. 4. L. 7)
  • 1916 yil uezd boshqarmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajargan podpolkovnik N. Gorodvin­skiy (tam je. D. 114-a. -L.18).
  • 1916-1917 yillar — polkovnik V.V. Brje­zitskiy (TsGA KR. F.2. Op. 3. D.8. L.5).

Podsho maʼmuriyatidan tashqari, mahalliy aholidan iborat tuzem maʼmuriyati ham faoliyat koʻrsatgan.

  • Oʻsh shahar katta oqsoqoli, mingboshisi mulla Sulton Tairboev (Oʻsh shahar sharqiy qismi ulus deyilgan)
  • Oʻsh shahar katta oqsoqoli, mingboshisi mulla Qudrat Tairboev (Oʻsh shahar gʻarbiy qismini boshqargan)
  • Oʻsh shahar politsiya starshinasi mulla Nasriddin
  • Oʻsh shahar politsiya starshinasi mulla Mamajon
  • Oʻsh shahar politsiya starshinasi mulla Gʻozi.

oktabr inqilobidan keyin Oʻsh uezdiga bolsheviklar rahbarlik qilishdi:

  • 17 yanvar 1918 yil — Anoshin A.G. Oʻsh uezdi soldatlari, ishchilari va dexqon deputatlari Kengashining raisi (Oʻsh uezdi bolsheviklar tashkilotining birinchi raisi), Boltihoji Sultonov — Oʻsh uezdi soldatlari, ishchilari va dexqon deputatlari Kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻsh shahar militsiyasi boshligʻi.
  • 5 dekabr 1918 yil-sentyabr 1919 yil Anoshin A.G. Oʻsh uezd-shahar inqilob qoʻmitasi raisi, Boltihoji Sultonov — Oʻsh uezd-shahar inqilob qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Oʻsh shahar militsiyasi boshligʻi.
  • 27 sentyabr 1919-28 fevral 1920 yil — Rumyansev rais
  • 28 fevral 1920-aprel 1920 yil — Yurkov rais
  • aprel 1920-yanvar 1921 yil — Qosimbekov (Fozilbek yoki Sanjar) masʼul kotib.
  • yanvar 1921 — Mironovskaya K. masʼul kotib
  • 8 oktabr 1920-18 fevral 1921 yil — Golubkov Aleksey Fedorovich (1889) UGL masʼul kotibi
  • aprel 1921-30 iyul 1921 yil — Dubrovin Andrey Grigorevich (1882) masʼul kotib.
  • noyabr 1921-1922 yil — Golubev M. masʼul kotib.
  • 1922-may 1923 yil — Shlyushkin UGK masʼul kotibi.
  • may 1923-avgust 1923 yil — Maxsumov Bahodir Baxoviddinovich (1903) UGK masʼul kotibi
  • sentyabr 1923-noyabr 1923 yil — Vantal, masʼul kotib
  • sentyabr 1924-oktabr 1924 yil — Medvedev, masʼul kotib
  • 1920-1921 yillar — Alifboev Arslon (1897) UGK raisi
  • 1922-sentyabr 1923 yil Saltanaev J. UIK raisi
  • sentyabr 1923 yil- Toʻraqulov K. UIK raisi.

Manbalar

Andoza:ЭСБЕ

Havolalar

[[Turkum:Fargʻona viloyati uezdlari