Yaponiya iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaponiya iqtisodiyoti
Poytaxt Tokio
Rasmiy til(lar) yapon
YIM (XQT) 2021-yil roʻyxati
• Butun
$5,615 trln (XQP) (4-oʻrin, 2021)[1]
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
• Butun
$4,937 trln (Nominal) (3-oʻrin, 2021)[1]

Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat.YIM(XQP) ning umumiy hajmiga ko‘ra dunyoda AQSH, Xitoy va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.[2]

Umumiy tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Yevroosiyo qitʼasining sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Umumiy maydoni 378,000 kv.km.ga teng. Mamlakat toʻrtta asosiy orol — Honshyu, Hokkaido, Kyushu, Shikoku va 6800 dan ortiq mayda orollardan iborat. Yaponiya jahon mamlakatlari orasida yetakchi igtisodiyotga ega, uning jahon YalMsidagi ulushi 6,2 foizni tashkil qilmoqda. Jahon xoʻjaligida XXR va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi ortidan Yaponiya iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari tushib ketmoqda. O‘rta va kichik biznes barcha sohalarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu raqobatni rivojlantirishda, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishda bozorning asosiy elementi hisoblanadi. Yaponiya kompaniyalarining 99 foizi kichik va oʻrta bizneslardir. Avtomobilsozlik, elektron va elektrotexnika sanoatida katta roʻl egallaydi. Eksport tarkibi: transport vositalari, avtomobillar, mototsikllar, elektronika, elektrotexnika va boshqalar. Import tarkibi: [mashina]] va uskunalar, yoqilgʻi, oziq-ovqat, xom ashyo va boshqalar.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda 1980-2020 yillar iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. 2% dan kam inflyatsiya yashil strelka bilan koʻrsatilgan[3].

Yill YaIM (XQP)
(milliard AQSH dollariga)
Aholi jon boshiga YaIM (XQP) boʻyicha
(milliard AQSH dollariga)
YaIM oʻsishi
Inflyatsiya darajasi
(%)
Ishsizlik
(%)
Davlat qarzi
(YaIMga nisbatan foiz sifatida)
1980 1 068,1 9 147 3,2 % 7,8 % 2,0 % 47,8 %
1981 1 218,4 10 358,1 4,2 % 4,9 % 2,2 % 52,9 %
1982 1 336,5 11 283,0 3,3 % 2,7 % 2,4 % 57,8 %
1983 1 437.8 12 054.5 3,5 % 1,9 % 2,7 % 63,6 %
1984 1 556,7 12 967,1 4,5 % 2,3 % 2,7 % 65,6 %
1985 1 690,0 13 989,8 5,2 % 2,0 % 2,6 % 68,3 %
1986 1 781,4 14 667,9 3,3 % 0,6 % 2,8 % 74,0 %
1987 1 911,8 15 666,3 4,7 % 0,1 % 2,9 % 75,7 %
1988 2 113,5 17 246,0 6,8 % 0,7 % 2,5 % 71,8 %
1989 2 303,0 18 719,6 4,9 % 2,3 % 2,3 % 65,5 %
1990 2 506,1 20 302,7 4,9 % 3,1 % 2,1 % 63,0 %
1991 2 679,4 21 620,8 3,4 % 3,3 % 2,1 % 62,2 %
1992 2 763,7 22 222,4 0,8 % 1,7 % 2,2 % 66,6 %
1993 2 814,6 22 558,2 Decrease−0,5 % 1,3 % 2,5 % 72,7 %
1994 2 899,9 23 177,4 0,9 % 0,7 % 2,9 % 84,4 %
1995 3 038,6 24 224,1 2,6 % −0,1 % 3,2 % 92,5 %
1996 3 191,2 25 385,0 3,1 % 0,1 % 3,4 % 98,1 %
1997 3 278,1 26 014,1 1,0 % 1,7 % 3,4 % 105,0 %
1998 Decrease3 272,8 Decrease25 903,3 Decrease−1,3 % 0,7 % 4,1 % 116,0 %
1999 3 307,9 26 131,3 Decrease−0,3 % −0,3 % 4,7 % 130,0 %
2000 3 476,3 27 409,2 2,8 % −0,7 % 4,7 % 135,6 %
2001 3 568,4 28 068,3 0,4 % −0,7 % 5,0 % 145,1 %
2002 3 625,5 28 457,7 0,04 % −0,9 % 5,4 % 154,1%
2003 3 753,8 29,410,9 1,5 % −0,3 % 5,2 % 160,0 %
2004 3 938,9 30 836,4 2,2 % −0,01 % 4,7 % 169,5 %
2005 4 135,7 32 372,7 1,8 % −0,3 % 4,4 % 174,3 %
2006 4 321,8 33 831,1 1,4 % 0,3 % 4,1 % 174,0 %
2007 4 504,5 35 257,9 1,5 % 0,05 % 3,8 % 172,8 %
2008 4 534,6 35 512,2 Decrease−1,2 % 1,4 % 4,0 % 180,7 %
2009 Decrease4 303,9 Decrease33 742,5 Decrease−5,7 % −1,3 % 5,1 % 198,7 %
2010 4 534,1 35 535,2 4,1 % −0,7 % 5,1 % 205,7 %
2011 4 629,4 36 215,1 Decrease0,02 % −0,3 % 4,6 % 219,1 %
2012 4 799,6 37 628,8 1,4 % −0,05 % 4,3 % 226,1 %
2013 5 021,6 39 436,8 2,0 % 0,3 % 4,0 % 229,6 %
2014 5 034,5 39 604,1 0,3 % 2,8 % 3,6 % 233,5 %
2015 5 200,9 40 959,3 1,6 % 0,8 % 3,4 % 228,4 %
2016 5 159,7 40 640,5 0,8 % −0,1 % 3,1 % 232,5%
2017 5 248,4 41 409,0 1,7 % 0,5 % 2,8 % 231,4 %
2018 5 403,8 42 719,6 0,6 % 1,0 % 2,4 % 232,5 %
2019 5 501,3 43 584,8 0,02 % 0,5 % 2,4 % 235,4%
2020 Decrease5 312,3 Decrease42 211,7 Decrease−4,6 % −0,03 % 2,8 % 254,1%

Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya sanoati eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tarmoqlar — elektronika, elektrotexnika, dastgohsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan. Yaponiyaning eng mashhur transmilliy kompaniyalar toifasiga „Toyota“, „Honda“, „Sony“, „Mitsubishi“ va boshqalar kiradi.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya dehqonchiligining yetakchi tarmog‘i sholikorlik. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga ekiladi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va mevalar ham yetishtiriladi.2000-yilda 9,490 ming tonna guruch, 688 ming tonna bug'doy yetishtirilgan, 2016-yilda 8,044 ming tonna guruch va 791 tonna bugʻdoy yetishtirilgan. Yaponiya sabzavotlardan kartoshka, batat, soya, bodring, pomidor, karam, xitoy karami, piyoz, latuk, yapon rediskasi va sabzi kabilar yetishtiriladi. Mevalardan mandarin, olma, uzum va yapon noki keng targalgan. Yaponiyada tovuq va cho'chqa go'shti asosiy go'sht mahsulotlari hisoblanadi. Mamlakat mol va goʻy goʻshtini katta gismini asosan Avstraliya va AQShdan import qiladi. Yaponiya hududining 20,08 mIn. gektari (mamlakatning 70 foiz hududi) o'rmonli hududlardan iborat. O'rmonlarning 54 foiz tabiiy oʻrmon hududlari hisoblanadi, 41 foizi inson qoʻli bilan yaratilgan.

Xizmat koʻrsatish sohasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyada xizmat ko'rsatish sohasi sanoatni rivojlanishi taʼminlovchi sektor sifatida shakllanib kelgan. Chakana va ulgurji savdoning ulushi xizmat koʻrsatishda ustuvor, 1980 yillardan reklama, maʼlumotlarni qayta ishlash, nashriyot,turizm, dam olish sohalari, koʻngilochar va boshqa sohalar jadal rivojlandi. Xizmat koʻrsatish sohalarining aksariyati dastlab kichik hajmda faoliyat yurituvchi va mehnat sigʻimkorligi yuqori bo’lgan, hukumat tomonidan kompyuter va elektron mahsulotlarning xizmat koʻrsatish sohasida qoʻllanishi yoʻlga qoʻllanishi qoʻyilib texnologik jihatdan rivojlanib bordi. Xizmat koʻrsatish sohasida bandlar ulushi, 75%ni tashkil etadi. Yaponiyada nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari ichida savdo,moliyaviy va sugʻurta xizmatlari hamda bank xizmatlarini koʻrsatish yuqori oʻrin egallaydi. Yaponiya igtisodiyotida axborot, turizm, aloqa xizmatlarining roli oshmoqda.

Savdo

Yaponiya savdosi qoʻshilgan qiymatyaratilgan tovarlar savdosiga asoslanadi. Mamlakat xom-ashyoni import qilib, soʻngra uni qayta ishlaydi va qoʻshilgan qiymat yaratilgan sanoat tovorlarini eksport qiladi. Yaponiya imperiyasi davrida Yaponiyada savdo yengil sanoatga ixtisoslashgan edi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mamlakat, neft va yoqilgʻi mahsulotlarini import qilib, mashinasozlik, avtomobilsozlik, yarimoʻtkazgichlar, yugori texnologik uskunalarni eksport qila boshladi. Bu davrda savdo ogʻir sanoat va kimyo sanoati mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1980 yildan Yaponiya savdo balansi ijobiy boʻla boshladi. AQSH va Yaponiya oʻrtasida bir necha bor savdo nizolari kelib chiqa boshladi. Yaponiya kompaniyalari 1990 yillardan boshlab qator ishlab chigarish zavodlarni Osiyo mamlakatlariga koʻchira boshladi. Osiyo mamkatalrida ishlab chiqilgan tovarlarni esa import qilishga oʻtdi.

Moliya

Yaponiyada moliya bozori rivojlangan, xizmatlar diversifikatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Mamlakat iqtisodiyoti moliya bozorining infrastrukturasining rivojlanganligi oʻz zaxiralarini va mavjud resurslarini samarali ishlata olgan. Mamlakatda faoliyat yurituvchi eng yirik konglomeratlarham aynan markazi bank boʻlgan moliya-sanoat guruhlari. 2019 moliya yilida boshlangʻich umumiy hisoblar byudjetidan asosiy xarajatlar ijtimoiy taʼminot (34,2 foiz), davlat qarziga xizmat koʻrsatish (23,6 foiz); mahalliy ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqalar (16,1 foiz), jamoat ishlari (6,1 foiz), taʼlim va fan (5,4 foiz) va milliy mudofaa (5,2 foiz) uchun ajratilgan.

Transport

Yaponiyada transportning barcha turlari yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, mamlakatning yirik shaharlarini bog‘lovchi „Sinkansen“ tezyurar poyezdlari alohida eʼtiborga sazovor. Yaponiyada ayrim orollar orasida suvosti tunnellar ham o‘tkazilgan. Ulardan eng uzuni Xonsyu va Hokkaydo orollarini bog‘laydigan Seykan tunnelidir (54 km).

Turizm

Yaponiyada turizmning deyarli barcha turi yaxshi rivojlangan. Har yili Yaponiyaga 30 mln. atrofida xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Yaponiyaning eng muhim turistik resursi uning boy va betakror tarixiy-madaniy merosi hisoblanadi. Mamlakatda turizm iqisodiyotning yetakchi tarmogʻiga aylantirilgan. Yaponiyada turistlar uchun 1600ta muzey, 357 ta milliy va prefektura parklari, 290 ta hayvonot bogʻi va botanika bogʻlari, 76 ta akvarium va „Tokio Disneylendi“ qatorida 227 ta koʻngilochar majmualar faoliyat yuritadi. Turizm xizmatlari hajmi yildan-yilga oshmoqda.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Report for Selected Countries and Subjects
  2. A.Qayumov, I.Safarov, V.Fedorko. Yaponiya. O'zbekiston — 128 bet. ISBN 978-9943-01-563-0. 
  3. „World Economic Outlook Database“. imf.org.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • G. P. Gulyamova, Oʻ.H.Choriyev. Yaponiya iqtisodiyoti 1-qism. Oʻquv qoʻllanma:TDSHU.-T.:2020;
  • S.Baxramova, N.Abdulazizova. Yaponiya iqtisodiyoti 2-qism. Oʻquv qoʻllanma:TDSHU.-T.:2020;
  • N. S. Ismailova. Jahon Iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.-T.:2021;

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]