eBay
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| eBay Inc. | |
|---|---|
| Turi | Ommaviy kompaniya |
| Shiori | What ever it is, you can get it on eBay. va Shop victoriously! |
| Asos solingan yili | 3 sentabr, 1995 |
| Joylashuvi | San Jose, California AQSH |
| Muhim shaxshlar | Meg Whitman, CEO va Prezident Pierre Omidyar, asoschi |
| Tarmog`i | Auksionlar |
| Mahsulotlari | Internet-auksionlar, Elektron tijorat, savdo markazlari, PayPal, Skype, Gumtree |
| Daromadi | US$4.55 miliard |
| Ishchilar soni | 11,600 (Q1 2006) |
| Veb-sahifasi | www.ebay.com |
eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda to`lovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.
Mundarija |
[tahrir] Haridlari
- 1999yil may oyida eBay Billpoint online-to`lov sismtemasini sotib oldi, keyinchalik Paypal ni sotib olgach yopiladi.
- 1999 yil eBay Butterfield & Butterfield auksionini sotib oladi, keyinchalik 2002 yilda Bonhams kompaniyasiga sotib yuboriladi.
- 1999 yil eBay Mark va Oliver Zamverlardan Alando auksionini $43 millionga sotib oladi , keyinchalik u eBay Germanyga aylantirilgan edi.
- 2000 yil iyun oyida eBay Half.comni sotib oladi, keyinchalik u eBay Marketplace ga aylantiriladi.
- 2001yil avgustda eBay Mercado Libre, Lokau va iBazar larni sotib oladi — yirik lotinamerikasi online-auksion saytlari.
- 2002 yil iyul eBay PayPal to`lov sistemasini $1.5 milliardga sotib oladi.
- 11 iyul 2003 yil eBay Inc.elektron tijorat sohasi bilan shug`ullanuvchi EachNet xitoy kompaniyasini $150 millionga sotib oladi.
- 22 iyun 2004 yil eBay Baazee.com ni $50 millionga sotib oladi, u Hindiston dagi ilg`or auksion sayti hisoblanadi.
- 13 avgust 2004 yil eBay craigslist.org ning 25% aksiyasini qo`lga kiritadi.
- 2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi.
- 2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi.
- 16 dekabr 2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi.
- 2005 yil mayda eBay Gumtree ni o`z tarkibi qo`shadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi.
- 2005 yil iyun eBay Shopping.com ni $635 millionga o`z tarkibiga qo`shadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish bo`yicha hizmatlar taklif etadi.
- 2005 yil avgust eBay VoIP Skype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi.
[tahrir] Qiziq faktlar
[tahrir] eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar
- 340-yillik Shekspir qo`lyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yong`inini boshidan kechirgan (£5 mln)
- Grumman Gulfstream II samolyoti ($4,9 mln)
- Sariq rangli McLaren F1 1993 yilgi ($1,7 mln.) (dunyoda faqatgina yaqona sariq rangliMcLaren F1 mavjud)
- Xonus Vagnerning 1909 yilgi Beysbol kartochkasi ($1,65 mln.)
- Daymond Leyk Kurorti , G`arbiy Kentukki, AQSH ($1,2 mln.)
- Ferrari Enzo ($975 000, dekabr 2005)
- Buyuk beisbolist Djo Djeksonning bitasi «Black Betsy» ($577 610)
- Buyuk golfistTayger Vuds bilan bir partiya golf ($425 000)
[tahrir] Shuningdek qarang
[tahrir] Havolalar
- eBay.com (ingl.)
- eBay auksioni.Forum
Cite error: <ref> tags exist, but no <references/> tag was found