Aksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.


Aksiya (frans. action — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jami-yat chiqargan qimmatbaho qog‘oz. O‘z egasi-ning aksiyadorlar jamiyati kapi-talida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini divi-dend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. A. qimmatli qog‘ozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qog‘ozlar turkumiga kiradi. A. chiqargan jamiyat emmitent, uni sotib olganlar esainvestorlar deb ataladi. A. dastlab emmitent tomoni-dan birlamchi bozorda sotiladi, so‘ngra u ikki-lamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi. A. bevosi-ta emmitent yoki vositachilar tomonidan sotiladi. O‘zbekistonda A. aholiga xu-susyiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va ularga qarashli maxsus maga-zinlarda sotiladi. O‘zbekistonda 1997 y. 5 ta investitsiya fondi ishladi.A. davlat korxonalari aksiyador ja-miyatlarga aylantirilgan chog‘da va yangi-dan aksiyadorlar jamiyatlari tuzilgan paytda chiqariladi. O‘zbekistondagi A. davlat mulkini aksiyadorlash jarayo-nida 1989 y.dan boshlab chiqarilgan. A. egasining nomi yozilgan va taqdim etgan kishiga tegishli A.ga bo‘linadi. O‘zbekistonda aholi orasida birinchi turdagi A. tarqalgan. A. oddiy va im-tiyozli turlarga bo‘linadi. Oddiy A. dividend miqdori kafolatlanmagan, le-kin aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqini ta’minlovchi A.; imtiyozli A. dividend oddindan belgilangan, lekin ovoz berish hukuqini ta’minlamaydigan A. egasining o‘zida yoki depozitariy-larda saqlanadi. Mac, 1995 y.da "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiya-dorlik jamiyatlarining umumiy nomi-nal miqdori 4 mlrd. so‘mlik aksiyalari saqlandi. [1]

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli oʻzining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qoʻyilgan puldan keladigan foizdan kam boʻlmagan taqdirdagina sotib oladi. aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi: 1) mulkiy huquq. 2) nomulkiy huquq. aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi: 1. Ovoz berish. 2. Kapitalni o'sishi. 3. Qo'shimcha imtiyozlar. 4. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. 5. Mulkka egalik qilish huquqi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil