Vadim Yagodin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Nikolayevich Yagodin
Tavalludi 15-fevral 1932-yil
Buzuluk, Orenburg viloyati, SSSR
Vafoti 15-fevral 1932-yil(1932-02-15)
(-84 yoshda)
Nukus
Istiqomat joylari SSSR, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Arxeolog, etnograf
Sohasi Tarix, arxeologiya
Ish joylari Nukus Oʻlkashunoslik muzeyi
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston majmua ilmiy-tadqiqot instituti
Qoraqalpogʻiston davlat universiteti
Nukus davlat pedagogika instituti
Taʼlimi Ivanovo universiteti
Ilmiy darajasi Tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mashhur shogirdlari Gʻ. Xoʻjaniyozov
Mashhur ishlari Aqchaxon qalʼa, Toshxirmon, Oyxonim (Afgʻoniston)
Turmush oʻrtogʻi L. P. Pavlovskaya

Vadim Yagodin – arxeolog, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi bosh ilmiy xodimi[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Yagodin 1932-yilning 5-fevralida SSSRning Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumanida tugʻilgan. Otasi Toʻrtkoʻldagi maktablaridan biriga musiqa oʻqituvchisi qilib yuborilishi natijasida Yagodinlar oilasi 1938-yilda Qoraqalpogʻistonga koʻchib keladi. Vadim Yagodin oʻrta maktabni Toʻrtkoʻlda tamomlagan. 1955-yilda N. G. Chernishevskiy nomidagi Ivanovo-Voznesenk davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan.

Institutni tamomlagandan keyin, Qoraqalpogʻiston madaniyat vazirligiga qarashli Nukus Oʻlkashunoslik muzeyida ish faoliyatini boshlaydi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston majmua ilmiy-tadqiqot institutida arxeolog sifatida faoliyatini davom ettirdi.

Yagodin 1963-yilda SSSR Fanlar akademiyasi Etnografiya institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1991-yilda Moskva davlat universitetida „Oʻrta asrlarda Orol-Kaspiy dengizi oraligʻida yashagan chorvador-ovchilar“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1964-yildan 1968-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Tarix, til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi[2], 1969-yildan 1991-yilgacha shu institutning arxeologiya boʻlimini boshqaradi[3]. 1992-yildan – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti direktori. 2015-yilda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Nikolayevich Xorazm ekspeditsiyasi ishida faol ishtirok etadi. Universitetda oʻqish davomida akademik Sergey Tolstovga shogirdlikka tushib, Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasida qatnashgan. V.Yagodin Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi rahbari, taniqli arxeolog olim Sergey Tolstovning shogirdidir. Qadimgi Xorazm yodgorliklaridan tashqari Ustyurt hududida ilk koʻchmanchilar qoldirgan ashyolarni (maketlar, dafn majmualari) oʻrganish uning asosiy ishi boʻlgan. Ustyurtning janubi-sharqiy qoyasi hududidagi bir qancha qabristonlarni toʻliq qazib tadqiq qiladi. Vadim Yagodin Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Rossiya, Afgʻoniston va Iordaniya kabi davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro arxeologik tadqiqot-ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1995-yilda Qoraqalpoq-Avstraliya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tuzilib, Yagodin unga rahbar etib tayinlanadi. Ekspeditsiya ishlari davomida Beruniy tumanidagi Aqchaxon qal’a va Toshxirmon yodgorliklarida tadqiq olib borildi. 200 ta ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar, shu jumladan 7 ta monografiya, 1 ta darslik muallifi. Yagodin boshchiligidagi ekspeditsiya Xiva shahrida qazish ishlari olib boradi va shaharning yoshi 2500 yoshda ekanligini aniqladi. Vadim Nikolaevich Yagodin – 2 jildlik „Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarixi“ning muallifi va tahrir hay’ati aʼzosi[4]. Uning rahbarligida „Ustyurt janubi-sharqining qadimiy va oʻrta asr madaniyati“ nomli asarlar toʻplami nashr etildi. Yagodin rahbarligi va koʻmagida tarix fanlari boʻyicha 10 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 2006-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

Vadim Yagodin Rossiya arxeologiya jamiyati a’zosi, Nyu York Fanlar akademiyasi a’zosi, Avstraliya ilmiy kengashi xalqaro eksperti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix va arxeologiya va etnografiya instituti nomzodlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha maxsus kengash raisi o‘rinbosari, Samarqand arxeologiya instituti qoshidagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha maxsus kengash a’zosi[5].

Kitoblari va tadqiqotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Yagodinning turmush oʻrtogʻi – L. P. Pavlovskaya Qoraqalpogʻistonning ixtiofaunasini oʻrgangan. Oʻgʻli – V.Yagodin ham arxeolog.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1977)
  • Fan arbobi (1983)[5]
  • „Mehnat shuhrati“ ordeni

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 28-aprel kuni Nukus shahri 34-sonli maktabda I. V. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi arxeologiya boʻlimi ilmiy xodimlari Vadim Yagodinning tavalludining 90 yilligiga bagʻishlab xotira kechasi oʻtkazdi[6][7]. 2023-yil 12-may kuni Nukus shahrida arxeolog Vadim Nikolayevich Yagodinga bagʻishlangan „Orolbo'yi arxeologiyasida vadim Yagodinning ilmiy yutuqlari“ mavzusida respublika ilmiy anjumani oʻtkazildi[3][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]