Tol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tol (Salix) — toldoshlarga mansub daraxtlar va buta, chala butalar turkumi. 300 turi maʼlum. Asosan, moʻʼtadil mintaqada, Yevropa va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 22 turi bor. Daraxtlarining xodasi yoʻgʻon, poʻsti dagʻal, barglari navbat bilan joylashgan. Baʼzilari bargi yozilguncha, boshqalari bargi yozilgandan keyin yoki bargi yozilishi bilan bir vaktda gullaydi. Ikki yoshli novdalari kuchala chiqaradi. Gullari ikki uyli, bir jinsli, mart— aprel oylarida gullaydi. Mevasi koʻsakcha. 25—30 kunda yetiladi. Urugʻi mayda, ochiq va nam yerda tez, yaʼni 5—10 soatda unib chiqadi. 15—20 kundan keyin unish qobiliyatini yoʻqotadi. Qalamchasidan, poya (xoda)sidan, parxishdan yaxshi koʻpayadi.

Oʻzbekistonda oq T., qora T., ignabarg T., majnuntol, suvtol, turon T.i kabi turlari tarqalgan. Oq tolning (S. alba) bal. 10—15 m. yogʻoch tanasi poʻstlogʻi toʻq kulrang , sur. Tanasining diametri 1,5 gacha, Qora tolning (S. excelsa Gmel.) daraxt novdalari rangi qoʻngʻirqizgʻish. Tez oʻsadi. Issiqqa chidamli, shoʻrxok yerlarda ham yaxshi oʻsadi. Qalamchasi va poyasi ekib oʻstiriladi. Obodonlashtirish va xoʻjalik ehtiyojlari uchun koʻp ekiladi. Ignabargli tol (S. acutifolia) — dare boʻylarida, kichikkichik suv havzalari, ariklar, xonadonlar atrofida usadi. Kuryuqchilikka, shoʻrxokka chidamli. Novdalari nozik va ingichka. Bal. 2—4 m; majnuntol (S. babylonica) — bal. 8—10 m ga yetadi. Manzarali daraxt sifatida oʻstiriladi; suvtol yoki Vilgelms toli (S. wilhelmsiana Bieb.) — buta, novdasi ingichka, uzun, choʻl, adir, togʻ zonalaridagi toʻqayzorlarda uchraydi. Olga toli (S. olgae Rgl.) — yirik buta, novdalari rangi korakizil yoki sariq; Nedzvetskiy toli (S. niedzwieckii Goerz) — past boʻyli daraxt, pishgan novdalari qizgʻish yoki qoʻngʻir. Daryo sohillarida oʻsadi. Turon toli (S. turanica Nas.) — togʻ va tog oldi toʻqaylarida toʻptoʻp boʻlib oʻsadi. Katta buta, bal. 5—6 m. Barglari uz. 12 sm, novdasi och sariq. Novdalaridan har xil savatlar toʻqiladi.

Koʻkalamzorlashtirish, obodonlik, ihota oʻrmonzorlari tashkil etish, yogʻoch va xoda olish uchun ekiladi. Qadimdan T. yogʻochidan qurilish materiallari, toqi, ishkom, soʻri, har xil buyumlar, beshik, bolalar oʻyinchoqlari, ketmon va belkurak dastalari yasashda foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ansiferov G.I., Iva, M., 1984. Abdushukur Xonazarov.