Tog‘sevar Lestiforus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Togʻsevar Lestiforus
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Crabronidae
Urugʻ: Lestiphorus
Turlari: Togʻsevar Lestiforus
Xalqaro ilmiy nomi
Lestiphorus oreophilus (Kuznetzov-Ugamskij, 1927)

Togʻsevar Lestiforus[1] (lat. Lestiphorus oreophilus) — yerkovlov (Crabronidae)ning kamdan-kam uchraydigan Lestiphorus (yoki Gorytes) turi. Qozogʻiston[1][2] va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arilarning uzunligi 7 dan 10 mm gacha. Qorinning ikkinchi segmenti choʻzilgan birinchi segmentdan chuqur bosim kuchi bilan ajratiladi. Qorinning asosi (birinchi, ikkinchi, ba’zan uchinchi tergitlar) qizil tus oladi. Ular lichinkalari uchun oziq-ovqat sifatida mayda saratonlarni (Auchenorrhyncha) oʻzlarining yer osti uyalariga tishlab, falaj qilib, sudrab olib boradi. Bu tur birinchi marta 1927-yilda rus entomologi N.N.Kuznesov-Ugamskiy tomonidan Oʻzbekiston materiallari asosida ifodalangan[3][4].

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi – iyun-avgustda, turli oʻsimliklarning gullarida, asosan sutlamadoshlarda (Euphorbiaceae) va soyabonguldoshlarda (Apiaceae) oziqlanadi. Urgʻochilari saratonlarni (Cicadinea) ovlaydi, ularni falajlab, yerda kovlangan iniga joylashtiradi, soʻng biriga tuxumini qoʻyadi.

Yashash joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlarning dasht va oʻtloqli quruq hududlari.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo[1][3][5]. Gʻarbiy Tyan-Shan, Gʻarbiy Pomir-Oloy togʻlari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Казенас, В. Л. Сцелифрон Шестакова. Сфекс желтокрылый. Прионикс Хаберхауэра. Прионикс траурный / В. Л. Казенас // Красная книга Казахской ССР. — Изд. второе, переработанное и дополненное. Т. 1. — Животные. — Алма-Ата: Гылым, 1991. — С. 418—425.
  2. Казенас В. Л. Сцелифрон Шестакова. Сфекс желтокрылый. Прионикс Хаберхауэра. Прионикс траурный. / В. Л. Казенас // Красная книга Казахстана. — Т. I. — Животные. — Часть 2. — Беспозвоночные. — Алматы: Онер, 2006. —С. 152—153. 4-е издание.
  3. 3,0 3,1 Казенас В. Л. Роющие осы (Hymenoptera, Sphecidae) Казахстана. (Подсем. Ampulicinae, Sphecinae). Выпуск 1. (Фауна Кахахстана. Том 9. Перпончатокрылые). Алматы, 1998. 377с.
  4. Пулавский В. В. Prionyx. С.183-184. В кн.:Определитель насекомых европейской части СССР, Sphecidae // Л., Наука, 1978. — Т. 3, стр. 120—192.
  5. С.128-134 в кн.: Bohart, R.M. & Menke, A. S. 1976. Sphecid Wasps of the World: a Generic Revision. University of California Press, Berkeley, California.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]