To‘xta tuvaloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻxta tuvaloq
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Tuvaloqlar
Urugʻ: Otis
Turlari: Toʻxta tuvaloq
Xalqaro ilmiy nomi
Otis tarda Linnaeus, 1758

Toʻxta tuvaloq, yoki dudak (lotincha: Otis tarda) — tuvaloqlar oilasiga mansub yirik qush. U asosan Yevrosiyoning choʻl va yarim choʻl mintaqalarida tarqalgan, ba’zan u koʻproq shimoliy kengliklarning ochiq joylarida uchraydi. Koʻpincha ular yaylovlarda, ekin maydonlarida va qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan boshqa joylarda qoʻnim topishadi. Tuvaloq garbiy va janubiy qismlarida asosan u oʻtroq qush, shimol va sharqda koʻchmanchi yoki qisman uchib oʻtuvchi qush hisoblanadi.

Tuvaloq oʻsimlik va hayvonlarning yemishi hisoblangan — oʻtlar, madaniy oʻsimliklar, hasharotlar, ba’zan kaltakesaklar va sichqonsimon kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Bir vaqtlar juda koʻp va keng tarqalgan qush, 20-asrda tuvaloq yovvoyi tabiatda yoʻqolib ketuvchi juda kamyob turga aylandi. Shu boisdan ham bugungi kunda tuvaloq Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobi, mazkur tur yashaydigan barcha mamlakatlarning Qizil kitoblari va turli xalqaro konvensiyalarga kiritilgan. Bir qator loyihalar turlarni saqlab qolish va u ilgari yoʻqolib ketganlarini qayta tiklashga qaratilgan. Yoʻq boʻlib ketishning asosiy sabablari inson faoliyati bilan bogʻliq - nazoratsiz ov, qishloq xoʻjaligi mexanizasiyalashgan uskunalardan foydalanish, landshaftlarning oʻzgarishi oqibatida yuz bergan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiev hayvonot bog'idagi tuvaloq

Katta koʻkrak qafasi va qalin boʻyinli yirik hajmga ega boʻlgan nihoyatda katta qush. Erkaklar kurkaning kattaligida va urgʻochilarnikidan deyarli ikki baravar ogʻirroq: ularning vazni 7-16 kg, uzunligi 105 sm gacha, urgʻochilar esa odatda uzunligi 75-80 sm va ogʻirligi 4-8 kg. Qanotlari ancha uzun va keng, qanotlarini yoyganda 190-260 sm[1]. Dumi ham yetarlicha uzun, oxirida u yumaloq shaklga ega. Tuvaloqni boshqa qushlardan nafaqat kattaligi, balki yerda harakat qilish uchun yaxshi moslashgan kuchli tukli oyoqlari bilan, shuningdek, patlarning rang-barang tusi bilan ajratish qiyin emas[2].

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

qush portreti

Patlari qizgʻish, malla, oq, kulrang va qora ranglarning kombinasiyasi uygʻunlashgan. Bosh va boʻyni oqish-kulrang, sharqiy populyasiyalarda yoqmnroq. Ustki qismining qolgan qora koʻndalang chiziq bilan malla-qoʻngʻir-sargʻish kombanasiyalangan. Koʻkrak, qorin, dum osti va qanoti oq rangda. Bahorda va yozning oxirigacha tuvaloq erkaklari boʻyni kashtan-malla va "moʻylov" deb ataladigan - tumshugʻining pastki qismidan orqaga yoʻnaltirilgan qattiq patli tuklari bor. Birlamchi parvoz patlari toʻq qoʻngʻir, ikkinchi darajalilari jigarrang-oq bilan uygʻunlashgan. Urgʻochilari mavsumdan qat’i nazar, kuz va qishda erkak bilan bir xil rangga ega. Kamalagi toʻq rangda, tumshugʻi kulrang. Oyoqlari baquvvat va ancha uzun, yashil-qoʻngʻir rangga ega. Oyoqlarda uchta panjasi bor[1][3][4].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ispaniyadagi maydonlarida tuvaloqlar

Ustyurt yassi tekisligi (uchib oʻtish); Janubi-sharqiy Qizilqum, Sirdaryo, Keles, Chirchiq, Ohangaron va Zarafshon daryosi vohasi, Surxondaryo va Sheroboddaryolarning quyi qismlari (uchib oʻtish, nomuntazam qishlash); Mirzachoʻl va Dalvarzin choʻli, Nurota togʻi etaklari (uchib oʻtish, oʻtmishda – uyalash). Oʻzbekistondan tashqarida: Yevropa, Shimoliy Afrika, Qozogʻiston, Farbiy Sibir janubi (uyalash); Farbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Turkmaniston, Tojikiston (qishlash). Sharqiy Sibir janubi, Moʻgʻuliston, Primorye (uyalash). Koreya va Xitoyda (qishlash) – boshqa kenja turi.

Yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻ etaklaridagi seroʻt tekisliklar, yarimchoʻllar, bedazorlar.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishda uyalashi kam, uchib oʻtishi odatiy boʻlgan. Hozirda uyalamaydi, uchib oʻtishi va qishlashi davriy tus olgan. Ayniqsa, sovuq kelgan qish mavsumida yakka holda va kichik galalarda (11 tagacha) uchib oʻtadi. Dunyodagi populyasiyasi (44-57 mingta) qisqarmoqda.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi uchib oʻtishi – mart-aprel oyida. Aprel-may oyida yerga 2-3 tuxum qoʻyadi va 21-28 kun bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oyida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʻtishi esa oktabr-noyabr oylariga toʻgʻri keladi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choʻl va yarimchoʻl hududlarda qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi natijasida yashash joylari tanazzuli va kamayib ketishi, brakonyerlik.tufayli nobud boʻlib ketmoqda.

Koʻpaytirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa parvarishxonalarida koʻpaytiriladi.

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovlashga ruxsat berilmaydi. SITESning I Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Коблик Е. А.. Разнообразие птиц (по материалам экспозиции Зоологического музея МГУ. Изд. МГУ, 2001. 
  2. Гладков, Н. А., Дементьев, Г. П., Михеев, А. В., Иноземцев, А. А.. Жизнь животных. М.: Просвещение, 1970 — 208—209 bet. 
  3. Дементьев Г. П., Гладков Н. А.. Птицы Советского Союза. Советская наука, 1951 — 157—168 bet. 
  4. Бёме, Р. Л.; Грачёв, Н. П.; Исаков, Ю. А.; Кошелев, А. И.; Курочкин, Е. Н.; Потапов, Р. Л.; Рустамов, А. К.; Флинт, В. Е. „Курообразные, журавлеобразные“,. Птицы СССР. М.: Наука, 1987 — 466—481 bet. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


  • Cramp, S.; Simmons K. E. L. „Vol. II - Hawks to Bustards“,. The Birds of the Western Palearctic. Oxford University Press, 1980. ISBN 019857505X. (ingl.)
  • Mullarney, Killian; Lars Svensson; Dan Zetterström & Peter J. Grant. Птицы Европы. United States: Princeton University Press, 2000. ISBN 978-0-691-05054-6. (ingl.)