Mirzachoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MirzachoʻlOʻrta Osiyodagi tekislik. Oʻzbekistonning Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani xududlarida. Mayd. 10 ming km², bal. 230 —385 m. Sharqda Sirdaryo, janubda Turkiston va Nurota togʻlarining togʻ oldi tekisliklari bilan chegaradosh. Gʻarbda astasekin Kizilqumga tutashib ketadi. Qizilqum bilan M. orasidagi tabiiy chegara Arnasoy botigʻidan oʻtadi. M. Sirdaryoning lyossimon qumoq va qumloqlardan tarkib topgan uchta koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, jan. qismi togʻlardan oqib tushuvchi mavsumiy oqar suvlarning prolyuvial, prolyuvial-allyuvial va allyuvial yotqiziqlaridan tuzilgan. M.ning bir necha bor dengiz bosishi natijasida bu yerda, asosan, karbonatli, gipsli va gilli shoʻr jinslar toʻplanib qolgan. M. toʻrtlamchi davrdagi alp tektonik harakatlari natijasida choʻkkan. Golotsen epoxasida yangi tektonik harakatlardan Sirdaryoning 1-, va 2-koʻhna qayirlari paydo boʻlishi bilan 3-koʻhna qayirda sizot suvlari pasayib, tuproq va ustki qatlamlar vujudga kelgan. Yerlar sugʻorilganda ana shu qatlamdagi tuzlar yer yuzasiga chiqib qoladi. M.ning yer yuzasi tekislik, shim. va shim.-gʻarbga qiya. Jan. qismida chuqur jarliklar, Sirdaryo vodiysida qoldiq oʻzanlar va oʻrqirlar bor. Markaziy va shim. qismlari tekis. Sirdaryoga 6—20 m chuqurliqdagi jarlik hosil qilib tushadi. M.ni jan.-sharkdan shim.-gʻarbga Yettisoy, Sardoba, Qoraqaroy, Shoʻroʻzak kabi oʻzansimon pastliklar — Sirdaryoning eski oʻzanlari kesib oʻtgan. Bu pastliklarning eng keng joyi 18 km, chuq. 9—10 m. Iqlimi kontinental. Urtacha yillik t-ra shimoliy qismida 12,5, jan. da 15,G. Iyulning oʻrtachi t-rasi 26 — 30°, yanvarniki 0,8—4°. Yozi nihoyatda issiq (baʼzan 40—47°). Yillik yogʻin miqdori 200—300 mm, togʻ oldi qismida 310—428 mm, koʻproq bahorda yogʻadi. Tekislikka Bekobod shamolining taʼsiri kuchli (baʼzan shamolning tezligi 46 m/sek. ga yetadi), bugʻlanishni kuchaytiradi, shoʻrlanish jarayonini tezlashtiradi. Turkiston va Molguzar togʻlaridan Sangzor daryosi, Zominsuv, Xoʻjamushkentsoy, Pishagʻarsoy, Rabotsoy va b. oqib tushadi. Bu soylar bahorda toʻlib oqadi. Sirdaryo qayirlarida koʻl va botqoqliklar koʻp. Koʻllarning suvi shoʻr. M.da sizot suvlari togʻ oldi tekisliklarida 20—120 m, tekislik qismida esa 0,3 m chuqurlikda, shoʻrligi 30 g/l dan ortiq, tarkibida xlorid tuzlari koʻp. Markaziy qismida sizot suvlarining oqimi nihoyatda sekin va ancha shoʻr. M.dagi prolyuvial tekisliklarda tipik boʻz, markaziy va togʻ oldi qismlarida och boʻz, oʻzansimon pastliklarda shoʻrxok, shoʻrtob, daryo vodiysida allyuvial-oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq tuproqlar tarqalgan. Markaziy qismidagi och boʻz tuproqlarning ustki qatlami (1—3 m) shoʻrlanmagan, ostki qatlamdagi qumoq va qumloq yotqiziqdar kuchli shoʻrlangan.

M. tuproqlari juda shoʻr va sizot suvlari yuza boʻlganidan maxsus meliorativ tadbirlar amalga oshiriladi. M.ning shoʻrlanmagan yerlarida qoʻngʻirbosh, rang , oqquray, kovrak, qizil burgan, shoʻrlangan yerlarida oq shuvoq, oq joʻsan, keyreuk, yulgʻun, shoʻrxoklarda sarisazan shoxilak, qorabaroq, ajriq, kurmak oʻsadi.

Koʻpgina arxeologik topilmalar M. da qad.da dehqonchilik qilinganidan darak beradi. Qad.da qazilgan Oʻrimboyoʻgʻuz va Eski Tuyatortar kanallarning qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. M. da 1895 y.da uz. 84 km boʻlgan kanal qurilgan va 7600 ga yer sugʻorilgan.

1913 y. Knyazariq (hoz. Doʻstlik kanali) ishga tushirilgan. 1911 y. sugʻoriladigan yerlarning mayd. 12 ming ga boʻlgan. 1910 y.dan 1914 y.gacha 95 ming ga yer oʻzlashtirilib, shundan 60 ming ga yer shoʻrlanish va botqoqlanish natijasida ishdan chiqqan. Imkon qadar koʻproq paxta xom ashyosi yetishtirish va uni metropoliyaga tashib ketish maqsadida Moskva, Petrograd va b. shaharlardan texnika va mutaxassislar kela boshladi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni 1921 y.da 20 ming ga, 1924 y.da 50 ming ga, 1928 y.d 67 ming ga gacha yetdi. M.ga respublikaning aholisi zich tumanlaridan oilalar koʻchirib keltirildi, yangi yirik sovxozlar (1924 y.da "Paxtakor", 1929 y. "Malik", 1927 y.da "Boyo-vut") tashkil etildi. 1939—40 y.larda 60 ming ga shoʻr bosgan va botqoqlashgan yerlar oʻzlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. 1941 y.dasugʻoriladigan yerlar mayd. 90 ming ga boʻldi. Qayroqqum suv ombori qurilishi bilan M.ning suv bilan taʼminlanishi yaxshilandi. 1956 y. sugʻoriladigan yerlar 205,5 ming ga ga yetdi. "Boshmirzachoʻlqurilish" ("Glavgolodnostep-stroy") tashkiloti tuzildi. Bu loyihaga muvofiq, asosiy kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Janubiy Mirzachoʻl kanali, Qayir va Markaziy Mirzachoʻl kollektorlari ishga tushirildi. Shoʻroʻzak, Sardoba va b. kollektorlarning ishi yaxshilandi. M. da yerlarning shoʻrini yuvish sizot suvlarining yuzasini pasaytirish boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi. M. da Guliston, Yangiyer shaharlari va b. aholi punktlari vujudga keldi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil