Sloven tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sloven tili — hindevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining jan. guruhidagi til; Sloveniya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Sloveniyada, qisman Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriya, Italiya, Avstraliya va AQShda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,2 mln. kishidan ortiq. Koʻp lahjali til; uning 49 lahjasi 7 asosiy guruhga birlashgan. Oʻziga xos fonetik xususiyatlarga ega: unlilarning kuchli reduksiyasi, baʼzi shevalarda oʻrta jins (sredniy rod)ning , tonik urgʻuning yoʻqrlishi, uch turli (kuchsiz, oʻrtacha, kuchli) urgʻuning barkarorlashuvi shu jumladandir. Morfologiyasi oddiy oʻtgan zamon feʼli shaklining yoʻqolganligi, ot va feʼllarda ikkilik sonning saqlanganligi va b. bilan ajralib turadi. Adabiy St. 19-a. oʻrtalarida toʻliq shakllangan. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan. S.t.dagi dastlabki yozma manbalar 10-a. oxiri —11-a. boshlariga mansub.